Raximberdiev Rustam Abdunosirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Azot-fosfor-kaliy va ammoniy birikmalarini ishlab chiqaruvchilarga  stomatologik yordam ko‘rsatish sifatini oshirishning tibbiy-ijtimoiy jihatlari», 14.00.21–Stomatologiya, 14.00.33 – Jamoat salomatligi. Soglikni saklashda menejment
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1781
Ilmiy rahbarlar: Rizaev Jasur Alimdjanovich tibbiyot fanlari doktori, professor, Nazarova Nodira Sharipovna tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat  tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020 Tib102.02
Rasmiy opponentlar: Iskandarova Shaxnoza Tulkinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Dusmuxammadov Dilshod Maxmudovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: V.I.Razumovskiy nomidagi Saratov davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi azot-fosfor-kaliy va ammoniy birikmalari ishlab chiqaruvchi ishchilarda stomatologik kasalliklarni davolash-profilaktika tadbirlarini takomillashtirish va samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bora, tarkibida azot-fosfor-kaliy va ammoniy birikmalari  ishlab chiqaruvchilarda toksikantlarning zararli ta’siri natijasida makrofaglarning inaktivatsiyasi va diffuz infil`tratsiyasi tufayli KPU indeksining yuqori jadalligi, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatida giperkeratozning tizimli rivojlanishi va barcha turdagi ta’m sezuvchanligining zaiflashuvi aniqlangan;
og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatidagi sitomorfologik o‘zgarishlar tufayli mikroyadroli hujayralarning ko‘payishi, epiteliyning deskvamatsiya va keratinizatsiyasi oshishi, og‘iz suyuqligining minerallashtiruvchi potensiali va so‘lakda kal`siy-fosfor nisbati pasayishi aniqlangan;
azot-fosfor-kaliy va ammoniy birikmalari bilan muloqotda bo‘lgan ishchilarning og‘iz suyuqligida o‘rtacha molekulyar massadagi oligopeptidlarning miqdori nazorat guruhiga qaraganda mos ravishda ikki yarim marotaba oshgani hamda muloqot tabiati va ishning davomiyligiga bog‘liq ekanligi aniqlangan;
azot-fosfor-kaliy va ammoniy birikmalari bilan ishlovchi xodimlar uchun samarali davolash-profilaktika dasturi ishlab chiqilgandan so‘ng giperkeratotik o‘choqlarning yo‘qolishi, surunkali og‘ir darajali parodontitning qo‘zg‘alish holatlarining keskin kamayishi va og‘iz suyuqligi  minerallashtiruvchi potensialining normallashuvi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ammoniy va nitrat o‘g‘iti ishlab chiqaruvchi ishchilarda stomatologik kasalliklarni tashxislash va oldini olish usullarini takomillashtirishning olingan ilmiy natijalari asosida:
ammoniy va nitrat o‘g‘iti ishlab chiqaruvchi ishchilarda stomatologik kasalliklarni tashxislash bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Azot-fosfor-kaliy va ammoniy birikmalarini ishlab chiqaruvchi korxonalarning ishchilarida og‘iz bo‘shlig‘i to‘qimalaridagi o‘zgarishlarning tashxisot usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘likni saqlash vazirligining 2021 yil 4 noyabrdagi 8n-r/1067-son ma’lumotnomasi). Mazkur  uslubiy tavsiyanoma kimyo sanoatida ishlovchi xodimlarda stomatologik kasalliklarni erta tashxislash,  rivojlangan asoratlarni bashoratlash imkonini bergan;
kimyo sanoatida ishlaydigan xodimlarda olib borilgan davodan so‘ng yallig‘lanish jarayonlarining mahalliy va tizimli ravishda kamayganligi, qon kislorod bilan to‘yinganligi va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashi asosida ishlab chiqilgan «Zararli sanoat korxonalaridagi ishchilarda parodont to‘qimalari holatini baholash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘likni saqlash vazirligining 2021 yil 28 sentyabrdagi 8n-r/819-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma zararli omillar bilan ishlovchi xodimlarda  parodont to‘qimalarida immun tizim, nospesifik rezistentligining pasayish holatini o‘rganish asosida optimal o‘rganish, kasallik asoratlarini oldini olish imkonini bergan;
azot-fosfor-kaliy va ammoniy birikmalarini ishlab chiqaruvchilarga  stomatologik yordam ko‘rsatish sifatini oshirishning tibbiy-ijtimoiy jihatlari bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Samarkand viloyat stomatologiya poliklinikasi xamda Jizzax viloyati stomatologiya poliklinikasi amaliyotiga tadbiq qilingan. Ushbu takliflarni amalga oshirish Azot-fosfor-kaliy va ammoniy birikmalarini ishlab chiqaruvchi korxonalarning ishchilarida parodont to‘qimalari shikastlanish sonini bir necha marotaba kamayishiga olib kelgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish