Axrorova Malika Shavkatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID-19da og‘iz bo‘shlig‘ining mukoz bilan assotsiatsiyalangan limfoid to‘qimasiga xos klinik-immunologik jihatlar», 14.00.21–Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib.1549.
Ilmiy rahbar: Rizaev Jasur Alimjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020 Tib102.02.
Rasmiy opponentlar: Shakoves Natal`ya Vyacheslavovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Belorussiya); Yuldashev Abduazim Abduvalievich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: S.D.Asfandiyarov nomidagi Qozoq milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi COVID-19 bilan og‘rib o‘tgan bemorlar og‘iz bo‘shlig‘ining mukozal immunitetini o‘rganish orqali stomatologik yordamko‘rsatishni takomillashtirish, xamda davolash va profilaktikaga karatilgan chora-tadbirlari kompleksini ishlab chikishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
COVID-19 bilan kasallangan bemorlar og‘iz bo‘shlig‘ining mukoz bilan assotsiatsiyalangan limfoid to‘qimasining uziga xos klinik-immunologik jihatlari asoslangan;
COVID-19dan keyin klinik tiklanish davri bilan og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati salomatligining boshlang‘ich holati va kasallikning klinik kechishi o‘rtasidagi korrelyasion boglikligi aniklangan;
COVID-19 bilan kasallangan bemorlar so‘lagidagi sekretor immunoglobulin A titri bilan COVID-19 kasalligining klinik kechishi o‘rtasidagi korrelyasion bogliklik aniklangan;
COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda umumiy va maxaliy IL-6, IL-17, TNF-α sitokin kursatkichlari konsentratsiyasi oshishi sababli, og‘iz bo‘shlig‘i mikroflorasining buzilishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
COVID-19da og‘iz bo‘shlig‘ining mukoz bilan assotsiatsiyalangan limfoid to‘qimasiga xos klinik-immunologik jihatlarni aniklash yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari:
COVID-19da og‘iz bo‘shlig‘i asoratlarini tashxislash va davolash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan "COVID-19 da og‘iz bo‘shlig‘i asoratlarini tashxislash va davolash algoritmi" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 13 dekabr` 2021 yildagi 8n-z/548-son ma’lumotnomasi). Taklif qilingan tavsiyanomani qo‘llash periferik a’zolarning COVID-19dan keyingi asoratlarini tashxislash, turli klinik shaklga ega bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash va kasallikning klinik shaklidan kelib chiqib bemorlarni konservativ davolashni takomillashtirishga imkon bergan;
COVID-19da og‘iz bo‘shlig‘ining mukoz bilan assotsiatsiyalangan limfoid to‘qimasiga xos klinik-immunologik jihatlarni aniklash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasi va Toshkent shahridagi 1-sonli stomatologiya klinikasi DUK amaliy faoliyatiga tadbiq qilindi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 13 dekabr` 2021 yildagi 8n-z/548-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalarni ishlab chiqilgan tashxislash algoritmini hisobga olgan holda qo‘llash COVID-19 bilan og‘rigan bemorlarda og‘iz shilliq qavatining turli klinik shikastlanishlari, klinik shakllari va kechishini kasallikning dastlabki kunlaridayoq farqlash imkonini berdi, bu esa konservativ davolashni kasallikning klinik shakllaridan kelib chiqib oqilona tashkil qilishga hissa qo‘shdi, shuningdek, COVID-19 asoratlari darajasini 70,4%dan 2,5%gacha kamaytirish va o‘lim darajasini pasaytirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish