Xayitov Bekjon Norbek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahsuldor qoramollarda katta qorin atsidozining etiopatogenezi va davolash hamda oldini olish usullarini takomillashtirish», 16.00.01 - Hayvonlar kasalliklari diagnostikasi, terapiyasi va xirurgiyasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/V50.
Ilmiy rahbar: Bakirov Baxtiyar, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, DSc.06/30.12.2019V.12.01.
Rasmiy opponentlar: Eshburiev Sobir Baxtiyorovich, veterinariya fanlari doktori, dotsent; Tursagatov Jahongir Mamatovich, veterinariya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mahsuldor sigirlarda katta qorin atsidozining ertachi tashxis usulini ishlab chiqish va davolash hamda guruhli oldini olish usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor sigirlarda katta qorin atsidozining yil fasllari, hayvon yoshi va fiziologik holatiga bog‘liq holdagi uchrash dinamikasi aniqlangan;
silos-konsentrat tipdagi ratsionda sifatli beda pichani ulushining 20% dan va qand-protein nisbatining 0,2-0,35 dan pastligi, shuningdek, konsentratlarning asosan kraxmalli oziqalar hisobidan shakllantirilishi mahsuldor sigirlarda katta qorin atsidozining asosiy sababi sifatida ilmiy asoslangan;
sigirlar katta qorin atsidozining ishtaha pasayishi, davriy damlash, katta qorin devori harakatining susayishi, pul`s va nafasning tezlashishi, katta qorin suyuqligi muhitining kislotali tomonga o‘tishi va undagi infuzoriyalar hamda bakteriyalar soni va tur tarkiblarining o‘zgarishlari, shuningdek, mos metabolizm buzilishlarini aniqlashni ko‘zda tutuvchi ertachi tashxis usuli ishlab chiqilgan;
sigirlarda katta qorin atsidozining mavjud ananaviy davolash vosita va usullariga qo‘shimcha ravishda «Gelamin Vario Ferm» maxsus mikroorganizm tarkibli mineralli oziqaviy aralashma, «Essensiale forte», «ANTITOX» va «Multivit+minerallar»ni muayyan doza va tartibda ishlatishga asoslangan davolash usuli takomillashtirilgan;
sigirlarda katta qorin atsidozining «Natriy gidrokarbonat», «Gelamin Vario Ferm» maxsus mikroorganizm tarkibli mineralli oziqaviy aralashma va «Multivit+minerallar»ni muayyan doza va tartibda qo‘llashga asoslangan guruhli oldini olish usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahsuldor qoramollarda katta qorin atsidozining etiopatogenezi va davolash hamda oldini olish usullarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
«Mahsuldor sigirlarda katta qorin atsidozining ertachi tashxisi, guruhli davolash va oldini olish choralari bo‘yicha tavsiyalar» tasdiqlangan, veterinariya amaliyotiga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 6 apreldagi 02/23-117-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalarni qo‘llash hisobiga sigirlarda katta qorin atsidozini davolash va oldini olishda yuqori samaradorlikka erishilgan;
mahsuldor sigirlarning katta qorin atsidozini davolashda an’anaviy davolash usullariga qo‘shimcha ravishda kuniga 150 g «Gelamin Vario Ferm» maxsus mikroorganizm tarkibli mineralli oziqaviy aralashmani omixta emga aralashtirilgan holda berish, 10 ml «Essensiale forte»va 30 ml «ANTITOX» preparatlarini vena orqali yuborishga asoslangan davolash usuli Samarqand va Navoiy viloyatlari qoramolchilik fermer xo‘jaliklariga joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 6 apreldagi 02/23-117-son ma’lumotnomasi). Ushbu davolash usulini qo‘llanilishi natijasida kasal hayvonlarning 5-6 kunda (analoglariga nisbati 2-3 kun avval) sog‘ayishiga erishilgan;
mahsuldor sigirlarda katta qorin atsidozining oldini olishda ratsionni to‘yimli, mineral hamda vitaminli oziqalarga to‘yintirish negizida kuniga 30 g «Natriy gidrokarbonat», 100 g «Gelamin Vario Ferm» maxsus mikroorganizm tarkibli mineralli oziqaviy aralashmani omixta emga aralashtirilgan holda berish hamda har 25 kunda bir martadan muskul orasiga 20 ml dan «Multivit+minerallar» preparatini qo‘llash usuli ishlab chiqilgan va Samarqand, Navoiy viloyatlari qoramolchilik fermer xo‘jaliklariga joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 6 aprel`dagi 02/23-117-son ma’lumotnomasi). Ushbu guruhli profilaktik majmua boshqa muqobil oldini olish variantlariga qaraganda eng samarali oldini olish usuli ekanligi aniqlanib, sarflangan bir so‘mga xarajatlar qoplami 9,97 so‘mni tashkil etgan.