Sayt test rejimida ishlamoqda

Abdunazarov Shoxrux Akrom o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Banklarning jismoniy shaxslarni kreditlash amaliyotini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/ Iqt1691.
Ilmiy rahbar: Islamkulov Alimnazar Xudjamuratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Olimjonov Odil Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahri filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklarining jismoniy shaxslarni kreditlash amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jismoniy shaxslarga uy-joy qurilishiga ipoteka krediti ajratishda qarz oluvchining boshlang‘ich pul badali va kredit mablag‘lari hisobidan qurilish qiymati smetasidan 50 foizgacha miqdoridagi bo‘nak to‘lovini pudrat qurilish tashkiloti hisobvarag‘iga ajratish zarurligi asoslangan;
jismoniy shaxslarni kreditlashda qarz yuki fuqarolarning kredit va mikroqarzlari bo‘yicha oylik to‘lovlari chegarasi o‘rtacha oylik daromadining 70 foizdan yuqori bo‘lmasligi taklif etilgan;
asosiy kredit bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik yuzaga kelgan kundan boshlab, qarzdor bankka kechiktirilgan davr uchun shartnomada belgilangan foiz stavkasidan kelib chiqib tabaqalashtirilgan tartibda to‘lashi zarurligi ilmiy asoslangan;
kredit kartasi orqali kreditlashda jismoniy shaxslarga ajratilgan kredit limiti ish haqi bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan oshmasligi, birinchi marta foydalanganda foizlarni to‘lashda 30 kun muddatga imtiyozli davr belgilanishi zarurligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tijorat banklari jismoniy shaxslarni kreditlash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
jismoniy shaxslarga uy-joy qurilishiga ipoteka krediti ajratishda qarz oluvchining boshlang‘ich pul badali va kredit mablag‘lari hisobidan qurilish qiymati smetasidan 50 foizgacha miqdoridagi bo‘nak to‘lovini pudrat qurilish tashkiloti hisobvarag‘iga ajratish taklifi «Xalq banki»ning 2022 yil 7 martdagi «O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki tizimida jismoniy shaxslarga kreditlar ajratish to‘g‘risida»gi Tartibni ishlab chiqishda foydalanilgan («Xalq banki»ning 2022 yil 4 apreldagi 2-23/196-son ma’lumotnomasi). Natijada, tijorat bankining 2022 yil uchun ishlab chiqilgan kredit siyosati va jismoniy shaxslarga uy-joy qurilishiga kreditlar ajratish tartibi yanada soddalashtirishga erishilgan;
jismoniy shaxslarni kreditlashda qarz yuki fuqarolarning kredit va mikroqarzlari bo‘yicha oylik to‘lovlari chegarasi o‘rtacha oylik daromadining 70 foizdan yuqori bo‘lmasligi zarurligi bo‘yicha taklif «Xalq banki»ning 2022 yil 7 martdagi «O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki tizimida jismoniy shaxslarga kreditlar ajratish to‘g‘risida»gi Tartibni ishlab chiqishda foydalanilgan («Xalq banki»ning 2022 yil 4 apreldagi 2-23/196-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, bankning kreditlash hajmi 2022 yil 1 martda o‘tgan hisobot davriga nisbatan 12 foizga o‘sishiga, bankning ushbu manbadan jalb qilingan muddatli resurslari daromadlilik darajasi 8 foizga o‘sishiga erishilgan;
asosiy kredit bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik yuzaga kelgan kundan boshlab, qarzdor bankka butun kechiktirilgan davr uchun shartnomada belgilangan foiz stavkasidan kelib chiqib tabaqalashtirilgan tartibda to‘lash taklifi «Xalq banki»ning 2022 yilga mo‘ljallangan kredit siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan («Xalq banki»ning 2022 yil 4 apreldagi 2-23/196-son ma’lumotnomasi). Natijada, bankning kredit portfeli tarkibida jismoniy shaxslarga berayotgan kreditlari hajmi 2022 yil birinchi choragi yakunlari bo‘yicha o‘tgan hisobot davriga nisbatan 15 foizga ko‘payishiga erishilgan;
kredit kartasi orqali kreditlashda jismoniy shaxslarga ajratilgan kredit limiti ish haqi bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan oshmasligi, birinchi marta foydalanganda foizlarni to‘lashda 30 kun muddatga imtiyozli davr belgilash tavsiyasi «Xalq banki»ning 2022 yil 7 martdagi «O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki tizimida jismoniy shaxslarga kreditlar ajratish to‘g‘risida»gi Tartibni ishlab chiqishda foydalanilgan («Xalq banki»ning 2022 yil 4 apreldagi 2-23/196-son ma’lumotnomasi). Natijada, bankning jismoniy shaxslarga berilgan kreditlar bo‘yicha oladigan foizli daromadini 2022 yil birinchi choragi yakunlari bo‘yicha o‘tgan hisobot davriga nisbatan 20 foizga ko‘payishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish