Junaev Zuxriddin Boltaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Buxoro Xalq Sovet Respublikasidagi ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlar (1920-1924 yy.)”, 07.00.01- O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tar757.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.Tar.72.07.
Ilmiy rahbar: Rajabov Qahramon Kenjaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Xaitov Shadmon Axmadovich, tarix fanlari doktori, professor; Ermetov Avaz Abdullaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Buxoro Xalq Sovet Respublikasidagi ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlarni ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning  ilmiy yangiligi:
Rossiyaning  Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tashkil etilganining dastlabki kunlaridan yangi hukumatning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy faoliyatiga doimiy ravishda aralashuvi keskin siyosiy vaziyatning kelib chiqishi hamda Respublika hududida qizil armiya va bol`sheviklarga qarshi qaratilgan qurolli muxolifat harakatining boshlanishi va rivojlanib borishiga sabab bo‘lgani ko‘rsatib berilgan:
Buxoro Respublikasi rahbariyati tomonidan maorif sohasida maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar, bilim yurtlari va oliy o‘quv yurtlarilarining tashkil etilishi uzluksiz ta’lim tizimining shakllanishiga hamda jamiyatning barcha sohalari uchun zarur bo‘lgan milliy kadrlarni tayyorlashga xizmat qilgani ochib berilgan;
BXSRda paxta, ipak, qorako‘lteri kabi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sanoat korxonalarida qayta ishlanib, yarim tayyor mahsulot holatida doimiy ravishda Rossiya, Germaniya, Angliya, Yaponiya bozorlarida sotilishining yo‘lga qo‘yilishi mamlakat iqtisodiy barqarorligini ta’minlashga hamda aholidan olinadigan soliqlarning ikki yarim baravar qisqarishiga olib kelgani isbotlangan;
1920-1923 yillarda BXSR hukumatining moddiy va ma’naviy ko‘magida Germaniya, Turkiya, Ozarbayjon va boshqa xorijiy davlatlarga o‘qishga yuborilgan, bol`sheviklar tazyiqi ostida o‘z Vataniga qaytarilgan iste’dodli yigit va qizlarning qishloq xo‘jaligi, sanoat, bank, tibbiyot va madaniy sohada milliy kadrlar zaxirasini to‘ldirganligi va bu sohalar rivojiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: “Buxoro Xalq Sovet Respublikasidagi ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlar (1920-1924 yy.)” mavzusini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Rossiyaning  Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tashkil etilganining dastlabki kunlaridan yangi hukumatning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy faoliyatiga doimiy ravishda aralashuvi keskin siyosiy vaziyatning kelib chiqishi hamda Respublika hududida qizil armiya va bol`sheviklarga qarshi qaratilgan qurolli muxolifat harakatining vujudga kelishiga sabab bo‘lgani hamda Buxoro Respublikasi rahbariyati tomonidan maorif sohasida maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar, bilim yurtlari va oliy o‘quv yurtlarilarining tashkil etilishi uzluksiz ta’lim tizimining shakllanishiga hamda jamiyatning barcha sohalari uchun zarur bo‘lgan milliy kadrlarni tayyorlashga xizmat qilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix institutida 2012–2013 yillarda bajarilgan IFA-2012-1-4-sonli “O‘zbekistonning sovet davridagi tarixi (1917–1991 yillar).  2-jild” loyihasi doirasida tayyorlangan “O‘zbekiston tarixi 1917–1991 yillar)” nomli akademik nashrda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021 yil 4 noyabrdagi 3/1255-3032-son ma’lumotnomasi). Natijalar yosh avlodni Vatanimiz tarixini chuqur va xolis o‘rganish hamda xalqimizni yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etgan;
BXSRda paxta, ipak, qorako‘lteri kabi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sanoat korxonalarida qayta ishlanib, yarim tayyor mahsulot holatida doimiy ravishda Rossiya, Germaniya, Angliya, Yaponiya bozorlarida sotilishining yo‘lga qo‘yilishi mamlakat iqtisodiy barqarorligini ta’minlashga hamda aholidan olinadigan soliqlarning ikki yarim baravar qisqarishiga olib kelgani hamda 1920-1923 yillarda BXSR hukumatining moddiy va ma’naviy ko‘magida Germaniya, Turkiya, Ozarbayjon va boshqa xorijiy davlatlarga o‘qishga yuborilgan, bol`sheviklar tazyiqi ostida o‘z Vataniga qaytarilgan iste’dodli yigit va qizlarning qishloq xo‘jaligi, sanoat, bank, tibbiyot va madaniy sohada milliy kadrlar zaxirasini to‘ldirganligi va bu sohalar rivojiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgani to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (“O’zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2022 yil 17 martdagi 06-31-611-son ma’lumotnomasi). Natijalar  BXSRda jamoat tashkilotlari hamda madaniy o‘zgarishlar to‘g‘risida ob’ektiv ma’lumotlar berishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish