Xafizova Mashxura Aminovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Nolingvistik oliy ta’lim muassasalarida rus tilini o‘rganishda o‘yin texnologiyalarining motivatsiya imkoniyatlaridan foydalanish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (rus tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped2005.
Ilmiy rahbar: Bakieva Gulandom Hisamovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12.2019.Fil/Ped.83.01.
Rasmiy opponentlar: Lutfullaev Mahmud Xasanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Niyazova Nasiba Jurabekovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi birinchi bosqich talabalarining o‘yin usullari asosida rus tilida og‘zaki nutqni rivojlantirish metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nolingvistik oliy ta’lim muassasalarida talabalarni rus tili og‘zaki nutqini rivojlantirishda o‘yinlardan foydalanishning produktiv va reproduktiv usullari didaktik jaraѐnning motivatsiya, o‘quvchi faoliyati va boshqaruv komponentlari nazariyasiga ustunlik berish asosida takomillashtirilgan;
nolingvistik oliy o‘quv muassasalarida o‘zbek guruhlari talabalarining rus adabiy tili me’yorlarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirishida motivatsiyaning susayish sabablari talabalarning rus til fonetik kompetensiyasiga bog‘liqligi asoslangan;
motivatsiyani rivojlantirishning konsentrik ѐndashuvga asoslangan metodikasi ierarxik ravishda talabalarning qiziqishi va ijtimoiy-kommunikativ, o‘quv faoliyati hamda o‘z-o‘zini rivojlantirish motivlarini o‘yin texnologiyalari orqali stimullash asosida takomillashtirilgan;
rus tilida og‘zaki nutqni rivojlantirishga qaratilgan lisoniy, nutqiy, madaniyatlararo muloqot kabi lingvodidaktik o‘yinlar tipologiyasi modellashtirish usuli orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirish maqsadida rus tilini o‘qitishda o‘yin texnologiyalarining motivatsion imkoniyatlaridan foydalanish yo‘llari bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy va uslubiy natijalar hamda amaliy takliflar quyidagi loyihalarga tatbiq etilgan:
rus tilini chet til sifatida o‘qitishda umumta’limiy, umumkasbiy, umumtexnika fanlarini hisobga olish takliflari bo‘yicha dissertatsiyada ishlab chiqilgan tavsiyalar Evropa Ittifoqining Erasmus+ 2016-2018 yillarga mo‘ljallangan 561624-EPP-1-2015-UK--EPPKA2-CBHE-ERASMUS+ CBHE IMEP Dasturi asosida ishlab chiqilgan «O‘zbekistonda oliy ta’limni modernizatsiyalash va xalqarolashtirish» innovatsion tadqiqotlar loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 9 noyabrdagi 2883/30.02.01–son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarga rus tilini o‘qitishning metodik ta’minoti boyitilgan hamda ularda og‘zaki nutq malakalarining talab darajasida oshirilishiga erishilgan;
chet tili sifatida rus tilida yozma nutq kompetensiyasini shakllantirish bo‘yicha xulosalardan Evropa Ittifoqining 2014-2016 yillarga mo‘ljallangan Tempus Project 544161- TEMPUS-1-2013-1-UK-TEMPUS-JPCR Aston University DeTEL «Developing the Teaching of European Languages: Modernizing Language Teaching through the development of blended Masters Programmes» loyihasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 10 sentyabrdagi 1866/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalarni joriy etish natijasida talabalarda umumevropa standartlariga muvofiq yozish ko‘nikmalari va nutq kompetensiyalari mukammallashgan;
chet tilini o‘qitishda o‘yin texnologiyalarining motivatsiya imkoniyatlaridan foydalanish xususiyatlarini tizimli ravishda yoritib berish bilan bog‘liq usullardan F.Sh.Ro‘ziqulov rahbarligida 2014-2015 yillarda amalga oshirilgan I-204-4-5 raqamli «Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish» nomli innovatsion tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2021 yil 10 sentyabrdagi 1867/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarga rus tilini chet tili sifatida o‘qitishning va o‘yin texnologiyalarining motivatsion imkoniyatlaridan foydalanishning uslubiy ta’minoti boyitilib, rus tilini o‘qitish jarayonida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish imkoni yaratilgan;
rus tilini o‘qitishning pedagogik, uslubiy va psixologik xususiyatlariga oid tahliliy natijalar va nazariy xulosalardan foydalanish uchun innovatsion, pedagogik o‘yin texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha seminar va amaliy mashg‘ulotlar Samarqand viloyati teleradiokompaniyasida «DIALOG» dasturi ssenariysiga kiritilgan va efirga uzatilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 12 avgustdagi 01-11/431-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilarga kasbiy lingvistik kompetensiyalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish hamda madaniyatlararo muloqot doirasida ommalashgan muloqot va o‘zaro aloqada o‘yin pedagogik texnologiyalaridan foydalanish haqida ma’lumot berilgan.