Ubaydillaev Abdusamat Ne’matulla o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Issiqxona sharoitida tomat o‘simligini etishtirishning suv va resurstejamkor texnologiyasini ishlab chiqish”, 06.01.02 – “Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2211
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Muradov Rustam Anvarovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi DSc. 03/30.12.2021. T.10.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti kafedra mudiri, texnika fanlari doktori, professor Axmedjanov Dilmurod Gulomovich, Toshkent Davlat Agrar Universiteti q.x.f.d., professor Norqulov Usmon.
Yetakchi tashkilot – O‘zbekiston Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy issiqxonalarning konstruktiv xususiyatlarini inobatga olib, tomat o‘simligini etishtirishning suv va resurstejamkor texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tomat o‘simligini etishtirishda mahalliy issiqxonalarning ko‘rsatkichlari (yorug‘lik davomiyligi, issiqxona chuqurligi, ko‘chat qalinligi, o‘rtacha harorat farqi) inobatga olib, suv va resurstejamkor sug‘orish texnologiyasi hamda tartibi ishlab chiqilgan;
issiqxona ko‘rsatkichlarini inobatga olgan holda tomat o‘simligining mavsumiy suv iste’moli va hosildorligi aniklangan;
issiqxona sharoitida tomat o‘simligini etishtirish uchun issiqlik tartibi, tuproq namlik dinamikasi, oziqa elementlar iste’molining matematik modellari ishlab chiqilgan hamda maqbul mezonlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Issiqxona sharoitida tomat o‘simligini etishtirishning suv va resurstejamkor texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
Andijon viloyati Norin-Qoradaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi “Komoliddin Mo‘ydinovlar sulolasi” f/x (4100 m2), “Mirzahamdam limonlari” (6200 m2), “Davron agrosanoat” (12000 m2) MChJ maydonlarida joriy etilgan. Natijada 0,75-1 m qazilgan sharoitda issiqlik energiyasi 18-23 %, sug‘orish suvi 20-22 % iqtisod qilishga erishilgan.
Toshkent viloyati Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi “E’tibor fayz” (800 m2), “Temirqadam Ilhomov Sanjarbek” (950 m2) fermer xo‘jaliklari, “Salar G‘aniev Yorqin” (30000 m2) mas’uliyati cheklangan jamiyatlarning maydonlariga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 8 oktyabrdagi HL68004045-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ko‘chatlar joylashuv zichligi 30000-35000 tup gektar bo‘lgan qazilgan, sho‘rlanmagan sharoitda 3300-3500 m3/ga, tuproq kuchsiz sho‘rlangan (4 ds/m), qazilgan sharoitda 4200-4500 m3/ga, qazilmagan sho‘rlanmagan sharoitda 4000-4200 m3/ga, qazilmagan kuchsiz sho‘rlangan sharoitda 4600-4900 m3/ga bo‘lishi aniqlandi. Mavsumiy sug‘orish me’yori 4500-5000 m3/ga dan 3500-4000 m3/ga kamayishiga erishildi.
issiqxona sharoitida tomat o‘simligini etishtirish uchun resurstejamkor sug‘orish texnologiyasini tadqiq etish, FAO uslubiga muvofiq sug‘orish tartibini ishlab chiqilgan. Maqbul issiqlik tartibi, namlik dinamikasi, oziqa elementlar iste’moli jarayonlari ishlab chiqilib, Qibray va Qurg‘ontepa tumanlari issiqxonalariga joriy etilgan. (Suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 8 oktyabrdagi HL68004045-sonli ma’lumotnomasi). Natijada maqbul issiqlik, namlik dinamikasi hamda oziqa elementlar iste’moli ilmiy asoslandi.