Nurimov Paraxat Baymuratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Shaxsni ovozi asosida biometrik identifikatsiyalash», 05.01.11 – Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2079.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Mamatov Narzillo Solidjonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.13/30.12.2021.T.142.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Nomaz, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Ro‘zibaev Ortiq Baxtiyorovich, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nutq signallariga dastlabki ishlov berish va tahlil qilish orqali shaxsni ovozi asosida biometrik identifikatsiyalashning tezkor usul, algoritmlari va dasturiy majmuasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
signal amplituda qiymatlari asosida diskretlash algoritmlari taklif etilgan;
“Del`ta” va “Maksimum-minimum” diskretlash algoritmlari asosida nutq belgilari majmuasini shakllantirish algoritmlari ishlab chiqilgan;
signal-shovqin munosabatlarini inobatga olgan holda shaxs ovoz modelini qurishning chuqur neyron tarmoq modeli yaratilgan;
ikki omilli autentifikatsiya shartlarini inobatga olgan holda so‘zlar ketma-ketligini hosil qilish algoritmi taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Nutq signallariga raqamli ishlov berish va tanib olishning mavjud hamda taklif etilgan model, usul va algoritmlari asosida yaratilgan dasturiy ta’minot asosida:
nutq signallarini diskretlash, nutqli sohalariga ishlov berish va shaxsni tanib olish masalalarini echish uchun belgilar fazosini shakllantirish usul va algoritmlari asosida yaratilgan dasturiy majmua Namangan viloyati hokimligida xodimlarni maxsus xonalarga kirish-chiqishini nazorat qilish va ichki telefon tarmog‘i orqali murojaat qilgan fuqarolarni ovozi asosida identifikatsiyalash uchun joriy qilingan (Namangan viloyati hokimligining 2022 yil 14 iyuldagi 02/10-2313-son ma’lumotnomasi). Natijada maxsus xonalarga kirish-chiqishini nazorat qilishga sarflanadigan vaqtni o‘rtacha 10%ga qisqartirish imkonini bergan;
nutq signalidan belgilar to‘plamini shakllantirish algoritmlari, shaxs ovozi chuqur neyron tarmoq modeli va ikki omilli autentifikatsiya shartlarini inobatga olgan holda so‘zlar ketma-ketligini hosil qilish algoritmi asosida yaratilgan dasturiy majmua Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani hokimligida xodimlarning maxsus xonalarga kirish-chiqishini nazorat qilish va ichki telefon tarmog‘i orqali murojaat qilgan fuqarolarni ovozi asosida identifikatsiyalashga joriy qilingan (Namangan viloyati hokimligining 2022 yil 14 iyuldagi 02/10-2313-son ma’lumotnomasi). Natijada fuqaroning murojaatini shakllantirishga ketadigan vaqtni o‘rtacha 20% ga qisqartirish imkonini bergan.