Qahhorov Otabek Siddiqovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Ta’lim tizimida iqtisodchi kadrlarni tayyorlashning boshqaruv mexanizmini takomillashtirish (Buxoro viloyati misolida)», 08.00.13–Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2017.2.PhD/Iqt237.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Navro‘z-Zoda Baxtiyor Negmatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: G‘ulomov Saidahror Saidahmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi; Nurimbetov Ravshan Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbeiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Buxoro viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi hamda oliy ta’lim muassasalarida iqtisodchi kadrlarni tayyorlashning boshqaruv mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’lim tizimida iqtisodiyot yo‘nalishidagi kafedralar boshqaruv jarayoni samaradorligining integral baholash uslubini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan;
Buxoro viloyati ta’lim tizimida iqtisodchi kadrlar tayyorlashning boshqaruv samaradorligi va ularning iqtisodiyotga ta’siri baholangan;
hududda iqtisodchi kadrlar tayyorlash jarayonidagi boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan;
bitiruvchilarning ishga joylashishi va oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishlari hisobidan, iqtisodiyotdagi faol aholining yalpi hududiy mahsulotga ta’sirini baholash istiqbollari asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Ta’lim tizimida iqtisodchi kadrlarni tayyorlashning boshqaruv mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ta’lim tizimida iqtisodiyot yo‘nalishidagi kafedralar boshqaruv jarayoni samaradorligining integral baholash uslubini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining faoliyatiga joriy etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 1 noyabrdagi 89-03-3080-son ma’lumotnomasi). Ushbu takomillashtirilgan integral baholash uslubini qo‘llash natijalari boshqaruv jarayoniga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, kafedralarining o‘quv-metodik, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy hamda tashkiliy- iqtisodiy faoliyatlarining boshqaruv samaradorligini oshirish imkonini bergan;
Buxoro viloyati ta’lim tizimida iqtisodchi kadrlar tayyorlashning boshqaruvi samaradorligi va ularning iqtisodiyotga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha berilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining faoliyatiga joriy etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 1 noyabrdagi 89-03-3080-son ma’lumotnomasi). Mazkur yangilikning amaliyotga joriy etilishi viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi iqtisodiyot yo‘nalishidagi har bir ishga joylashgan bitiruvchining bir birlikka ko‘payishi iqtisodiyotda faol aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi hududiy mahsulotni 2,32 birlikka oshirish imkonini bergan;
hududlarda iqtisodchi kadrlar tayyorlashning boshqaruvi tuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining faoliyatiga joriy etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil1 noyabrdagi 89-03-3080-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi hududlarda ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash, hududlarning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib, ta’lim yo‘nalishlarini tanlash va qabul kvotalarini shakllantirish imkonini bergan;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimi biruvchilarining ishga joylashishi va oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi hisobidan, iqtisodiyotdagi faol aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi hududiy mahsulotga ta’sirini baholash istiqbollari bo‘yicha berilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida ma’lumot uchun qabul qilingan. Ushbu prognoz natijalariga ko‘ra, 2021–2022 o‘quv yiliga borib, 2017-2018 o‘quv yiliga qaraganda iqtisodiyotda faol aholi jon boshiga nisbatan yalpi huduiy mahsulotning 11,9 foizga, ishga joylashganlar sonini 18,9 foizga va oliy ta’lim muassasalariga kiradiganlar sonini 18,2 foizga oshishi kutilayotganligi aniqlangan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 1 noyabrdagi 89-03-3080-son ma’lumotnomasi).