Maxmudov Odiljon Xolmirzaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oilalar iqtisodiy barqarorligini ta’minlashning metodologik asoslari», 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1DSc/Iqt214.
Ilmiy maslahatchi: Zokirova Nodira Kalandarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: G.V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.I.100.01
Rasmiy opponentlar: Arabov Nurali Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Tagaev Behzod Ergashevich, iqtisodiyot fanlari doktori; Bobanazarova Jamila Xolmurodovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: raqamli iqtisodiyotga o‘tish sharoitida oilalarning iqtisodiy barqarorligini ta’minlashning metodologik asoslarini takomillashtirish va shu asosda Farg‘ona vodiysi viloyatlari-ning iqtisodiy tizimini rivojlantirish bo‘yicha tavsiya va takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“ijtimoiy shaxs”, “iqtisodiy odam”, “oila iqtisodiyoti”, “oila iqtisodiy barqarorligi”, “iqtisodiy faollik” atamalari institusional yondashuvlar (sub’ektiv va ob’ektiv) nuqtai nazaridan qaralib, oilaning iqtisodiyot sub’ekti sifatida uning daromadi darajasi iqtisodiy faollik barometri sifatida yuzaga chiqishi asoslangan;
oila iqtisodining asosiy shakllari (qo‘shma, umumiy, alohida) va oilaviy iqtisodiy strategiyalarning asosiy turlari (jamg‘aruvchi, pul, tadbirkorlik) ularni amalga oshirishda qo‘llaniladigan vositalarning xavf darajasi va rentabelligi mezonlariga muvofiq tasnifi taklif etilgan;
kam ta’minlangan oilalar va kambag‘allikni qisqartirishda tadbir-korlik va kasanachilik faoliyatini rivojlantirish, jumladan kichik biznesda bandlikni oshirish negizida kambag‘allikni qisqartirish hiso-bidan oilalar iqtisodiy barqarorligini oshirish mumkinligi bo‘yicha imkoniyatlar asoslab berilgan hamda oilaning iqtisodiy barqarorligi va ijtimoiy muhofazasini ta’minlashda mehnat va bandlik bo‘limlari, o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining faoliyatini takomillashtirishda subsidiya va grantlardan maqsadli foydalanish taklif etilgan;
oila daromadlariga nisbatan xarajatlar tarkibining shakllanishiga ko‘ra ilk bor iste’mol savati va uni shakllantirishning milliy xususiyatlari ochib berilgan holda muxtoj oilalar xarajatlari minimal me’yorlari taklif etilgan;
Farg‘ona vodiysida oilaviy tadbirkorlikning oilaviy korxonalar, xonadon sexlari, kasanachilik kabi turlarini rivojlantirish yo‘li bilan yangi ish o‘rinlarini yaratish hisobidan oilalar iqtisodiy barqarorligini ta’minlashning 2030 yilgacha bo‘lgan prognozi asoslangan va oilalar iqtisodiy barqarorligini ta’minlovchi omillar ta’sirini o‘z ichiga olgan ekonometrik modellar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oilalarning iqtisodiy baqarorligini ta’minlashning metodologik asoslari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
“ijtimoiy shaxs”, “iqtisodiy odam”, “oila iqtisodiyoti”, “oila iqtisodiy barqarorligi”, “iqtisodiy faollik” atamalari zamonaviy talqinda institusional yondashuvlar (sub’ektiv va ob’ektiv) nuqtai nazaridan qaralib, oilalarning iqtisodiyot sub’ekti sifatida ularning daromadlari darajasi iqtisodiy faollik barometri sifatida yuzaga chiqishi bo‘yicha yondashuvdan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2018 yil 31 dekabrdagi 1066-son qarori asosida mehnat standartlari va mehnatga haq to‘lash metodologiyasini takomillashtirishda foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil 11 maydagi 01/00-03/09-4104-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu uslubiyotdan mehnatga haq to‘lashning miqdorini baholashdagi yangi indikator sifatida foydalanish imkonini bergan;
oila iqtisodining asosiy turlari (qo‘shma, umumiy, alohida) va oilaviy iqtisodiy strategiyalarning asosiy turlari (jamg‘aruvchi, pul, tadbirkorlik) ularni amalga oshirishda qo‘llaniladigan vositalarning xavf darajasi va rentabelligi mezonlariga muvofiq tasnifi O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2021 yil 7 apreldagi 18-2021-B-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil 11 maydagi 01/00-03/09-4104-son ma’lumotnomasi). Ushbu tasnifdan foydalanish, jumladan alohida asoslarga ko‘ra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan bo‘shatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish imkonini bergan;
kam ta’minlangan oilalar va kambag‘allikni qisqartirishda tadbirkorlik va kasanachilik faoliyatini rivojlantirish, jumladan kichik biznesda bandlikni oshirish negizida kambag‘allikni qisqartirish hisobidan oilalar iqtisodiy barqarorligini oshirish mumkinligi bo‘yicha mkoniyatlar bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan “Aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha maqsadli hududiy dasturlar”ni ishlab chiqshda foydalanilgan hamda mehnat va bandlik bo‘limlari, o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining faoliyatini takomillashtirishda subsidiya va grantlardan maqsadli foydalanish bo‘yicha takliflar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2020 yil 14 avgustdagi 33-2020-B-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil 11 maydagi 01/00-03/09-4104-son ma’lumotno-masi). Ushbu taklif natijasida kichik biznesda ish bilan bandlikni oshirish orqali kambag‘allikni qisqartirish hisobidan oilalar iqtisodiy barqarorligini oshirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
oila daromadlariga nisbatan xarajatlar tarkibining shakllanishiga ko‘ra iste’mol savati va uni shakllantirishning milliy xususiyatlari hamda muxtoj oilalar xarajatlari minimal me’yorlari bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan “Aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha maqsadli hududiy dasturlar”ni ishlab chiqshda hamda mehnat standartlari va mehnatga haq to‘lash uslubiyotini takomillashtirishda foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil 11 maydagi 01/00-03/09-4104-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish band aholi mehnat samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiluvchi mehnatga haq to‘lashning miqdori va mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasi (mehnatga haq to‘lash razryadlari va tarif koeffisientlari)ni baholashda ilmiy asoslanganlik darajasini yanada oshirishga xizmat qilgan;
oilalar iqtisodiy barqarorligini ta’minlovchi omillar ta’sirini o‘z ichiga olgan ekonometrik modellar yaratilganligi, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida oilaviy tadbirkorlikning oilaviy korxonalar, xonadon sexlari, kasanachilik kabi turlarini rivojlantirish yo‘li bilan yangi ish o‘rinlarini yaratish hisobidan oilalar iqtisodiy barqarorligini ta’minlashning 2030 yilgacha bo‘lgan prognozi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan “Band bo‘lmagan aholini ishga joylashtirish dastur”larini ishlab chiqishda foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil 11 maydagi 01/00-03/09-4104-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur tavsiyalardan foydalanish 2030 yilgacha zamonaviy mehnat bozorini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi aholini ish bilan bandligi darajasi hamda kasanachilik va kichik tadbirkorlikda bandlar ulushini qo‘shimcha oshirish imkonini bergan.