Razikova Gulmira Rustamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Atopik dermatitning klinik-immunogenetik xarakteristikasi va tashxisni takomillashtirish», 14.00.11 – Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4. PhD/Tib2258.
Ilmiy rahbar: Mavlyanova Shaxnoza Zakirova, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Mannanov Abdushukur Malikovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yuldashev Muzaffar Akramovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi atopik dermatit rivojlanishini molekulyar-genetik va immunologik mexanizmlarini erta aniqlash hamda   tashxisni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
atopik dermatitni molekulyar-genetik tadqiqotlar asosida klinik variantlari va og‘irlik darajasini aniqlashda asosiy rol o‘ynovchi toll-simon TLR2 geni 2258G>A reseptorlari va TLR9 genining T1237S interleykinlarning sinf genlari alell variantlarini polimorf variantlari bilan o‘zaro ta’siri isbotlangan;
TLR2 geni rs5743708 genotiplari polimorfizmining geterozigotli variantida atopik dermatitli bemorlarda bronxial astma shakllanishini aniqlaydigan genetik determinati bo‘lishi xamda uning tashilishi esa ushbu patologiyaning rivojlanishida moyillik omili bo‘lib, uning xavfini 4 barobarga oshishi aniqlandi (OR=4,0);
atopik dermatit bilan og‘rigan bemorlarda umumiy immunoglobulin E ning giperproduksiyasi fonida dermatoz og‘irlik darajasining oshishi bilan yallig‘lanish oldi (IL-2) va yallig‘lanishga qarshi (IL-10) sitokinlar darajasining 4,8 va 1,8 martaga oshganligi tavsiflangan, bu esa sitokinlarning dekompensator reaksiya xolati bilan isbotlangan;
atopik dermatitli bemorlarda IL-2 genining T/G va G/G salbiy allel variantlarining geterozigot va gomozigotli poliformizm genotiplarida ushbu genning ijobiy T/T genotiplariga nisbatan umumiy immunoglobulin E va yallig‘lanish oldi sitokini IL-2 ning ko‘rsatkich darajalarini 1,1-1,3 marotabaga keskin ravishda oshishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Atopik dermatit bilan xastalangan bemorlarga erta tashhis qo‘yish, kasallik rivojlanishining oldini olish, samarali davolash usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
atopik dermatitli bemorlarning klinik-immunogenetik tavsifini o‘rganish va erta tashhisni takomillashtirilish asosida ishlab chiqilgan «Atopik kasalliklarni molekulyar-genetik prognozlash» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 29 dekabrdagi 8n–z/573-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma kasallikning og‘ir shakllarini erta tashhislash, iqtisodiy samaradorlikka erishish va dermatozning asoratlarini kamaytirish hamda davolashning moliyaviy  harajatlarini kamaytirish imkonini bergan;
atopik dermatit bilan xastalangan bemorlarga erta tashhis qo‘yish, kasallik rivojlanishining oldini olish, samarali davolash usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ilmiy ixtisoslashtirilgan  allergologiya markazi va MChJ «EMBRYO SERVICE» klinikalari klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 13 iyundagi 08-16812-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarni klinik amaliyotga joriy qilinishi kasallikning kechishini erta bashorat qilish, davolashni takomillashtirish, asoratlarni kamaytirish va bemorlarning hayot sifat ko‘rsatkichini yaxshilash natijasida davolanish harajatlarini 1,4 barobarga, har bir bemor uchun o‘rtacha davo narxini 3 500 000 so‘mga kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish