Boboeva Ra’no Raximovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Rutanning xoleretik faolligini eksperimental asoslash», 14.00.17 – Farmakologiya va klinik farmakologiya; 14.00.16 – Normal va patologik fiziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Tib1429.
Ilmiy rahbarlar: Mavlonov Anvar Axmadovich, PhD, dotsent; Saidov Saidamir Abrorovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib 30.02.
Rasmiy opponentlar: Hakimov Ziyoviddin Zayniddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Saidov A’lonur Baxtinurovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi eksperimental o‘tkir gepatitda Rutanning jigarning o‘t chiqarish faoliyatiga farmakologik ta’sirini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Tajribadagi hayvonlarda toksik gepatit modelida gepatoprotektor Silibor va interferon induktori Rutanning xoleretik faolligi qiyosiy tavsifi asoslangan;
Rutanning tetraxlormetan bilan chaqirilgan o‘tkir toksik gepatitda o‘t kislotalari sekresiyasi va xolesterin sekresiyasiga ijobiy ta’sir mexanizmi isbotlangan;
eksperimental o‘tkir toksik gepatitda interferon induktori rutanning gepatoprotektorlik xususiyati isbotlangan;
o‘t haydovchi va gepatoprotektor sifatida Rutanning xoleretik vosita sifatida qo‘llanilishini asoslovchi tajribaviy kukunlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Rutanning xoleretik faolligini eksperimental asoslash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
Legalon va Rutanning tajribaviy o‘tkir gepatitda jigar biliar funksiyasiga ta’sirini qiyosiy baxolash natijalari asosida ishlab chiqilgan «Legalon va Rutanning tajribaviy o‘tkir gepatitda jigar biliar funksiyasiga ta’sirini qiyosiy baxolash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 18 noyabrdagi 8n-z/1085-son ma’lumotnomasi) tasdiqlangan. Mazkur uslubiy tavsiyanoma Rutanning xoleretik faolligiga asoslangan, gepatopankreatobiliar tizim xastaliklarini samarali davolash orqali, ambulator davolash muddatini qisqartirish, tashxislash va korreksiyalashning mukammal turlarini tanlash imkonini bergan;
Rutanning xoleretik faolligiga asoslangan gepatopankreatobiliar tizim kasalliklarini davolashning yangi usulini ishlab chiqish natijalari asosida ishlab chiqilgan «Rutanning xoleretik faolligiga asoslangan gepatopankreatobiliar tizim kasalliklarini davolashning yangi usulini ishlab chiqish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 4 noyabrdagi 8n-r/1045-son ma’lumotnomasi) Ushbu uslubiy tavsiyanoma eksperimental o‘tkir toksik gepatitni samarali davolash imkonini bergan;
eksperimental o‘tkir toksik gepatitni patogenetik mexanizmlarini hisobga olgan holda yangi davolash usullarni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Buxoro shaxar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Jondor tuman tibbiyot birlashmasi va Qorovulbozor tuman tibbiyot birlashmasi, Toshkent farmatsevtika institutiga tabiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 3 dekabrdagi 8n-z/513-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi, o‘tkir toksik gepatit modeli chaqirilgan kalamushlarda yangi davolash usullarini ishlab chiqish imkonini bergan.