Saidov Dilshodbek Razzakovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Avtoservis xizmatlari sifatini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.05 - Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Iqt205.
Ilmiy rahbar: Salaev San’atbek Kamilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Ubaydullaev Kayrulla, iqticodiyot fanlari doktori, professor; Ernazarov Ortiq Eshnazarovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: avtoservis xizmatlari sifatini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
avtoservis xizmatlar ko‘lamini oshirishda “Xorazmavtotexxizmat”, “Xorazmavtosavdo” va “Bobur Trans Logistic” MChJlarning mavjud tashkiliy tuzilmalarini takomillashtirib “S”- faqat sotish; “SS”- sotish va servis, “SSS” - sotish, servis xizmatlari, ehtiyot qism, aksessuarlar bilan ta’minlovchi turlarga ajratish asosida dilerlik servis tarmoqlari tizimini tashkil qilish taklif etilgan;
Shovot - Gurlan - Yangibozor, Qo‘shko‘pir - Xiva, Yangiariq - Xonka, Bog‘ot - Xazorasp tumanlari tutash xududlarida avtomobillarga kompleks servis xizmatlari ko‘rsatuvchi markazlarni ta’sis etish orqali hududlarda raqobatbardosh servis xizmatlari samaradorligini oshirish taklifi ishlab chiqilgan;
Xorazm viloyatida avtoservis mijozlari uchun servis xizmatlarini taklif qiluvchi “Xorazmavtotexxizmat”, “Xorazmavtosavdo”, “Bobur Trans Logistic” MChJ korxonalari, avto ehtiyot qismlar ta’minotchilari “Yoqub Razzoq” MChJ, “Xazorasp avto ehtiyot qismlar bozori” MChJ, kasbga yo‘naltirish va ilmiy faoliyat muassasalari mujassamlashuvi asosida avtoservis klaster modeli taklif qilingan;
avtomobil` biznesida servis xizmatlari rivojiga ta’sir qiluvchi omillarning muhim indikatorlari va talab hajmining o‘zgarishini 2022-2026 yillarga mo‘jallangan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Avtomobil` servis xizmatlari sifatini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
avtoservis xizmatlar ko‘lamini oshirishda “Xorazmavtotexxizmat”, “Xorazmavtosavdo” va “Bobur Trans Logistic” MChJlarning mavjud tashkiliy tuzilmalarini takomillashtirilib, “S”- faqat sotish, “SS”- sotish va servis, “SSS” - sotish, servis xizmatlari, ehtiyot qism, aksessuarlar bilan ta’minlovchi turlarga ajratish asosida dilerlik servis tarmoqlari tizimini tashkil qilish bo‘yicha taklif O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi 2021 yil 8 sentyabrdagi “Hududlarda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2021 yil 6 sentyabrdagi 11/03-15-7291 - son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotda qo‘llash natijasida avtomobil` servis xizmati ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi dilerlik markazlarini tashkil qilish orqali avtomobillarga servis xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshirish imkonini bergan;
Shovot - Gurlan - Yangibozor, Qo‘shko‘pir - Xiva, Yangiariq - Xonqa, Bog‘ot - Xazorasp tumanlarining tutash hududlarida avtomobillarga kompleks servis xizmatlari ko‘rsatuvchi markazlarni ta’sis etish orqali raqobatbardosh servis xizmatlari samaradorligini oshirish bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi 2021 yil 8 sentyabrdagi “Hududlarda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2021 yil 6 sentyabrdagi 11/03-15-7291-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotda qo‘llash natijasida Xorazm viloyatida avtoservis xizmatlari bozorini rivojlantirish, sohada raqobat muhitini yaratish hamda servis xizmatlari samaradorligini oshirishga erishilgan;
Xorazm viloyatida avtoservis mijozlari uchun servis xizmatlarini taklif qiluvchi “Xorazmavtotexxizmat”, “Xorazmavtosavdo”, “Bobur Trans Logistic” MChJ korxonalari, avto ehtiyot qismlar ta’minotchilari “Yoqub Razzoq” MChJ, “Xazorasp avto ehtiyot qismlar bozori” MChJ, kasbga yo‘naltirish va ilmiy faoliyat muassasalari mujassamlashuvi asosida avtoservis klaster modeli taklifi O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi 2021 yil 8 sentyabrdagi “Hududlarda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2021 yil 6 sentyabrdagi 11/03-15-7291-son ma’lumotnomasi). Natijada, klaster tarkibiga kiruvchi avtoservis korxonalari sonini 7-9 foizga va avtoservis xizmatlari mijozlari sonini 12-16 foizga oshirish imkoniyati yaratilgan.
avtomobil` biznesida servis xizmatlari rivojiga ta’sir qiluvchi omillarning muhim indikatorlari va talab hajmining o‘zgarishini 2022-2026 yillarga mo‘jallangan prognoz parametrlari ishlab chiqish bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi 2021 yil 8 sentyabrdagi “Hududlarda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2021 yil 6 sentyabrdagi 11/03-15-7291-son ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz natijalariga ko‘ra viloyatda iqtisodiy-ijtimoiy va demografik omillari o‘zgarishlari ta’sirida, xususan aholi soni o‘sishi, uy xo‘jaliklari o‘rtacha kattaligi qisqarishi, har 100 xo‘jalikka to‘g‘ri keladigan avtomobillar soni ortishi, aholi real daromadlari oshishi asosida viloyat aholisining engil avtomobillarga ehtiyoji 2026 yilda 252,8 mingtaga etib 2021 yilga nisbatan 1,26 barobar o‘sadi va ularning servis xizmatlari xajmi esa 1,38 barobarga oshishi ta’minlanadi.