Ruzieva Nodira Baxodirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Er osti quvurlar tizimi elementlarini takroriy-statik va dinamik (seysmik) yuklanishlar ta’sirida chiziqsiz deformatsiyalanishi va hisoblash usullari”, 05.09.02 - Asoslar, poydevorlar va er osti inshootlari. Ko‘priklar va transport tonnellari. Yo‘llar, metropolitenlar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/T2423.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.18/30.12.2019.T.09.01 raqamli Ilmiy kengash.
Ilmiy rahbar: Abdusattarov Abdusamat, t.f.d., professor.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Yuldashev Sharafitdin Sayfitdinovich (Namangan muhandislik-qurilish instituti); texnika fanlari nomzodi professor Salixanov Saidxon Salixanovich (Toshkent davlat transport universiteti).
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi takroriy statik va dinamik (seysmik) yuklanishdagi er osti quvurlari elementlarining nochiziqli deformatsiyalanishi modellarini shakllantirish, turli xildagi yuklanishlar ta’siridagi quvur elementlarining emirilishini hisobga olgan holda kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini hisoblash va tahlil qilish uslublarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fazoviy takroriy yuklanishlar ta’siridagi er osti silindrik quvur va qobiqlarning deformatsiyalanishi modellari grunt bilan o‘zaro ta’sirini va emirilishini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
materiallarning elastik-plastik xossalarini hisobga olgan holda takroriy statik yuklanishlar ta’siridagi er osti quvurlarini hisoblash algoritmlari ishlab chiqilgan va kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holati tadqiq qilingan;
takroriy yuklanishdagi er osti quvurlarining kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik va emirilish holatini aniqlash uchun sonli hisoblash usuli qovushqoq-elastik grunt bilan o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Ko‘chish, zo‘riqish kuchlarini va emirilish funksiyasining vaqt bo‘yicha o‘zgarish qonuniyatlari aniqlangan;
silindrik quvurning ichki bosim ta’siridan deformatsiyalanishi va emirilishi masalasi uchun analitik echim qurilgan. Kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik xolatining o‘zgarishiga materialning qovushqoq-plastiklik xususiyatlariga bog‘liqligi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Hisoblash usullar yordamida har xil yuklanishlar ta’siridagi quvurlarning kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan hisoblash usullari MChJ “Toshkent shahar suv ta’minoti” faoliyatidagi er osti quvurlarining kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini aniqlash, elementlarning mustahkamligini baholash va prognozlashda qo‘llanildi (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2022 yil 1 apreldagi №2/1862-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan uslubiyotga ko‘ra hisoblash jarayoni vaqtini 1.3 martaga qisqartirishga, loyihalash ishlarining aniqligi va samaradorligini 15-20 % ga oshirish imkonini bergan;
“O‘zog‘irsanoatloyiha” AJ tashkilotining konstruksiyalarni loyihalash faoliyatida matematik modellar, hisoblash algoritmlari, takroriy-statik va dinamik yuklanishlar ta’siridagi er osti qobiq tipidagi inshoot elementlarining deformatsiyalanishini hisoblash dasturi qo‘llanildi (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2022 yil 1 apreldagi №2/1862-sonli ma’lumotnomasi). Dasturiy ta’minot ishlab chiqilgan usullarning yuqori aniqligi va iqtisodiy samaradorligi tufayli hisoblash jarayonini 1.3 baravar qisqartirishga, loyihalash ishlari unumdorligini 11-15% ga oshirish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan deformatsiyalanish modellari, shuningdek takroriy statik va dinamik (seysmik) yuklanishlar ta’siridagi er osti quvurlar tizimlarini hisoblash uslublari “Shargun`kumir” AJ tashkilotida qo‘llanildi (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2022 yil 1 apreldagi №2/1862-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining tatbiq etilishi orqali ishlab chiqilgan uslublarning aniqligi va samaradorligi ish sifatini oshirishga, hisoblash jarayonini 1.4 martaga qisqartirishga, shu jumladan loyihalash ishlari unumdorligini 13-18% ga oshirish imkonini bergan.