Qutlimuratov Kudrat Ruzibaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Shahar jamoat transportini rejalashtirish va tashkil qilishda xizmatlar ishonchliligini oshirish uslubini ishlab chiqish”, 05.08.06 – G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/T2419
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, DSc.18/30.12.2019.T.09.01.
Ilmiy rahbar: Muxitdinov Akmal Anvarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Kongratboy Sharipov Avezimbetovich (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti), texnika fanlari f.d.(PhD), dotsent Juraev Muxiddin Nortojievich (Toshkent davlat transport universiteti).
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi shahar jamoat transportini rejalashtirish va tashkil qilishda xizmatlar ishonchliligini oshirish uslubini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
katta xajmli ma’lumotlar (Big data) yordamida transport xizmati ishonchliliga ta’sir etadigan yo‘nalish parametrlarini hisobga olgan holda shahar avtobuslar harakati qatnov vaqtini hisoblash modeli yaratilgan;
harakatlanuvchi tarkibning geojoylashuvi to‘g‘risidagi olinadigan eksperimental statistik ma’lumotlar orqali transport xizmati ishonchliligini baholash uslubi ishlab chiqilgan;
chorrahaning geometrik parametrlari va harakat sxemalarini o‘zgartirish hisobiga o‘tkazuvchanligini oshirishni tajriba-sinov ma’lumotlari yordamida marshrut ishonchliligini baholash uslubi takomillashtirilgan;
avtobuslar harakatlanish rejimlarini asoslash usuli, ularga tasodifiy ta’sir qiluvchi omillarni hisobga olib transport xizmatini qayta rejalashtirish va u haqida yo‘lovchilarga axborot etkazish modeli yordamida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Shahar jamoat transportini rejalashtirish va tashkil qilishda xizmatlar ishonchliligini oshirish uslubini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 16 martdagi 157-sonli “Toshkent shahar yo‘lovchi transporti tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda nazarda tutilgan Toshkent shahri jamoat transporti tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2021 yil 23 dekabr` № E-1411 ma’lumotnomasi);
“Toshshahartransxizmat” AJ tasarrufidagi avtobus saroylarning yo‘nalishli avtobuslar faoliyatida (“Toshshahartransxizmat” AJning 2021 yil 14 oktyabr` №3-16/445 ma’lumotnomasi) amaliyotga joriy qilindi. Mazkur tadqiqot ishini Toshkent shahridagi 51-son yo‘nalishli avtobuslarda amaliyotga joriy etilishi natijasida, avtobuslarning etib kelish vaqtini 95% aniqlik bilan bashorat qilishga muvaffaq bo‘lingan hamda aholiga etkaziladigan axborot ma’lumoti va ko‘rsatiladigan transport xizmati ishonchligi yaxshilangan;
chorrahaning geometrik parametrlari va harakat sxemalarini o‘zgartirish hisobiga o‘tkazuvchanligini oshirishni tajriba-sinov ma’lumotlari asosida chorrahaning transport o‘tkazuvchanligi 44% ga yaxshilangan, har bir yo‘lovchining qatnovga sarflash vaqti 24.41 sekundga kamaytirish imkonini bergan (“Toshshahartransxizmat” AJning 2021 yil 14 oktyabr` №3-16/445 ma’lumotnomasi) hamda transport xizmati ishonchligi va sifatini oshirilgan. Chorrahadan o‘tayotgan yo‘lovchilarning avtotransport vositasida qatnovga sarflash vaqtini qisqarishi hisobiga yillik 1,875 mlrd. so‘mlik iqtisodiy samaraga erishilgan.