Atamuratov Rasuljon Kadirjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Virtual-ta’limiy muzey yaratish texnologiyasi (umumiy o‘rta ta’lim maktablari misolida)”, 13.00.06 – Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped94.
Ilmiy rahbar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03 raqamli kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ergashov Muxammatrasul, texnika fanlari doktori, professor; Mamatov Dilmurod Narmuratovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi virtual-ta’limiy muzey yaratish texnologiyasini takomillashtirish va uni o‘quv amaliyotiga joriy etishga doir ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
virtual va to‘ldirilgan borliq texnologiyalarining axborotlarni vizuallashtirish darajasini chiziqli va nochiziq yo‘nalish bo‘yicha “Informatika va axborot texnologiya”lari fanini o‘qitish jarayonlariga jarayonlari bilan uyg‘unligini belgilash o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishning individuallashuv bilan bog‘liq funksional-didaktik xususiyatlari aniqlashtirilgan;
umumta’lim maktablari uchun virtual-ta’limiy muzey yaratish texnologiyasi sayt g‘oyasi va tuzilishini, jarayon zanjiri, sayt eskizi, kontent, dizayndan iborat boshlang‘ich, axborotlarni foto ko‘rinishida formatlash, lavhalar tayyorlash, 3D modellar yaratish, to‘ldirilgan borliq (AR) uchun ob’ektlar yaratishni ko‘zda tutuvchi texnologik, saytni ishga tushirishga doir yakuniy bosqichlarni o‘z ichiga olgan texnologik tuzilmani ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
umumta’lim maktablarida virtual-ta’limiy muzeyni tatbiq etishning elektron-metodik ta’minoti amaliy dasturlarga doir interfaol videodarslar orqali yangi bilimlarni egallash, izohli lug‘at bilan ishlash samaradorligini intensiv ta’sir ko‘rsatish darajasini oshirishga xizmat qiladigan tashkiliy-funksional modelni ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
“Informatika va axborot texnologiyalari” fani mashg‘ulotlarini virtual-ta’limiy muzeydan foydalanib tashkil etish va o‘qitish jarayonlari interfaol amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish bosqichlarini loyihalash, uni amalga oshirishning mantiqiy-struktur ketma-ketligini metodik tamoyillar bilan uyg‘unligini empiriklik jihati optimalligini ta’minlashning reproduktivlik darajasi barqarorligini ta’minlashning produktivlik darajasi identivligini qat’iy belgilash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Virtual-ta’limiy muzeyni yaratish texnologiyasi bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
virtual va to‘ldirilgan borliq texnologiyalarining axborotlarni vizuallashtirish darajasini SWOT-tahlil etish asosida “Informatika va axborot texnologiya”lari fanini o‘qitish jarayonlariga tizimli tatbiq etish, o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishning funksional-didaktik xususiyatlarini aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7 sinflari uchun “Informatika va axborot texnologiyalari” darsligini yaratishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2022 yil 25 apreldagi 01/11-02/02-522-son ma’lumotnomasi). Natijada, virtual-ta’limiy muzeylarni yaratishda grafik muharrirlarning imkoniyatlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
umumta’lim maktablari uchun virtual-ta’limiy muzey yaratish texnologiyasini boshlang‘ich, texnologik, yakuniy bosqichlarni o‘z ichiga olgan algoritmni ishlab chiqish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10 sinflari uchun “Informatika va axborot texnologiyalari” darsligini yaratishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2022 yil 25 apreldagi 01/11-02/02-522-son ma’lumotnomasi). Natijada, videoma’lumotlar bilan ishlash, 3D modellarni yaratish texnologiyasini takomillashtirishga xizmat qilgan;
umumta’lim maktablarida virtual-ta’limiy muzeyni tatbiq etishning elektron-metodik ta’minotini tashkiliy-funksional modelni ishlab chiqish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan I-OT-2019-7. “Umumiy o‘rta maktablar uchun mo‘ljallangan 3D-tizimli interaktiv o‘quv-metodik qo‘llanmalarni yaratish va joriy qilish (5-sinf “Adabiyot” fani uchun)” (2019-2021 yy.) loyihaning dasturiy ta’minotini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 6 yanvardagi 89-03-60-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kompyuting ta’limini joriy etish samaradorligini oshirishga erishilgan;
“Informatika va axborot texnologiyalari” fani mashg‘ulotlarini virtual-ta’limiy muzeydan foydalanib tashkil etish va o‘qitish jarayonlarini interfaol amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish bosqichlarini loyihalash, uni amalga oshirishning algoritmik ketma-ketligini metodik tamoyillar bilan uyg‘unligini bevosita ta’minlashning reproduktivlik darajasi barqarorligini ta’minlash orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan 585845-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHT-JP “Development of the Interdisciplinary master program on Computational Linguistics at Central Asian Universities: CLASS” (Markaziy Osiyo universitetlarida sohalararo Kompyuter lingvistikasi magistratura dasturini rivojlantirish) – CLASS” (2017-2020 yy.) Erasmus+ xalqaro loyihasining virtual-boshqaruv ta’minotini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 6 yanvardagi 89-03-60-son ma’lumotnomasi). Natijada, virtual-ta’limiy muzey yaratish texnologiyasini kasbiy yo‘naltirish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilgan.