Xodjaniyazov Sardor Umarovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Xorazm mutafakkirlarining tasavvufiy dunyoqarashi asosida yoshlar ma’naviy-axloqiy tarbiyasini takomillashtirish”, 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/Ped14.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
Ilmiy maslahatchi: Aleuov Userboy, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Nurmanov Abdinazar Tashbaevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Choriev Irgash To‘raevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Navro‘zova Gulchehra Ne’matovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazm mutafakkirlarining tasavvufiy dunyoqarashi asosida yoshlar ma’naviy-axloqiy tarbiyasining ustuvor yo‘nalishlarini aniqlashtirish hamda ilg‘or pedagogik tajribalarni uzluksiz ta’lim tizimiga joriy etish mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasasi talabalarida Xorazm mutafakkirlarining gumanistik g‘oyalarini aksiologik tizimini takomilashtirishning kognitiv, ta’limiy-tarbiyaviy faoliyatga o‘z munosabatlarini namoyon etuvchi hissiy-emotsional, ijodiy omillari pedagogik faoliyatda nazariy va empirik, mantiqiy va intuitiv bilishni qaror toptirishning xulq-atvor, kasbiy-pedagogik komponentlari bilan kontekstual aloqadorlikka ega ekanligi asoslab berilgan;
Xorazm mutafakkirlarining ma’naviy-axloqiy tarbiyaga oid hikmatlari, pand-nasihatlari, g‘azal va ruboiylari orqali ma’naviy-ma’rifiy munozara tamoyillari, shaxsga yo‘naltirilgan izchil innovatsion ta’limning barqarorlashtiruvchi, uyg‘unlashtiruvchi va baholovchi pedagogik mezonlari, odob-axloq, ma’naviy ehtiyoj kabi substansional negizlari hamda ta’lim sohasi infratuzilmalarini takomillashtirishning metodologik asoslari ochib berilgan;
yoshlar tarbiyasi bilan bog‘liq “ahloqiylik”, “ma’naviylik”, “odoblilik” va “ma’rifatlilik” kabi axloqiy-pedagogik kompetensiyalari indikatorlarining yoshlar tarbiyasi transformatsiyasi, generatsiyasi va refleksiyasiga regulyativ ta’siri asoslangan hamda yoshlarda «yaxshilik», «sharaf», «vijdon», «adolat», «nafs» bilan bog‘liq ahloqiy tushunchalarining ob’ektiv va sub’ektiv munosabatlarini o‘zida mujassamlashtirgan tarbiyaviy qadriyatlar orqali ma’naviy-axloqiy fazilatlarni rivojlantirishning intellektuallik, mehnatsevarlik, zukkolik, idroklilik, sobitlilik, irodalilik kabi pedagogik-psixologik ko‘rsatkichlari aniqlangan va ularning tarbiyaviy maqsadlarini harakatlantiruvchi kuch ekanligi mantiqiy dalillangan;
yoshlar ma’naviy-axloqiy tarbiyasining tarixiy-pedagogik, aksiologik-psixologik tizimi hamda ta’lim-tarbiyaning zamonaviy yo‘nalishlarini modellashtirish asosida talabalar ma’naviyatini diagnostika qilish va korreksiyalashning shaxsga yo‘naltirilgan, gumanistik, kognitiv va kompetensiyaviy paradigmalari deterministik omil ekanligi asoslangan;
yuksak ma’naviy va ahloqiy xususiyatlarga ega shaxsni shakllantirish va rivojlantirishdagi miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini takomillashtirishning metodik, kreativlik mezonlari aniqlanib, Xorazm mutafakkirlari tasavvufiy dunyoqarashining tarbiya jihatlarini oshirishda ma’naviy-tarbiyaviy texnologiyalarni qo‘llashga oid didaktik ta’minot tizimini rivojlantirish zarurati asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorazm mutafakkirlarining tasavvufiy g‘oyalari asosida yoshlar ma’naviy-axloqiy tarbiyasini takomillashtirish jarayonini o‘rganish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar hamda tadqiqot natijalari asosida:
oliy ta’lim muassasasi talabalarida Xorazm mutafakkirlarining gumanistik g‘oyalarini aksiologik tizimini takomilashtirishning kognitiv, ta’limiy-tarbiyaviy faoliyatga o‘z munosabatlarini namoyon etuvchi hissiy-emotsional, ijodiy omillari pedagogik faoliyatda nazariy va empirik, mantiqiy va intuitiv bilishni qaror toptirishning xulq-atvor, kasbiy-pedagogik komponentlari bilan kontekstual aloqadorlikka ega ekanligi asoslab berilgan taklif va tavsiyalar “Xorazm mutafakkirlarining pedagogik qarashlari” nomli dapclik mazmuniga kipitilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 500-t-012-raqamli guvohnoma). Natijada, bu takliflar talabalarda Xorazm mutafakkirlarining tasavvufiy g‘oyalari asosida yoshlar ma’naviy-axloqiy tarbiyasini takomillashtirish jarayonini o‘rganishning pedagogik va psixologik mazmunini anglash, idrok etish imkoniyatini bergan;
Xorazm mutafakkirlarining ma’naviy-axloqiy tarbiyaga oid xikmatlari, pand-nasixatlari, g‘azal va ruboiylarini tahlil etish orqali, ma’naviy-ma’rifiy munozara tamoyillari, shaxsga yo‘naltirilgan izchil innovatsion ta’limning barqarorlashtiruvchi, uyg‘unlashtiruvchi va baholovchi pedagogik mezonlari, odob-axloq, ma’naviy ehtiyoj kabi substansional negizlari hamda ta’lim sohasi infratuzilmalarini takomillashtirishning metodologik asoslarini aks ettiruvchi ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan “Yurtim tarixini o‘rganaman” loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 10 fevraldagi 14-son dalolatnomasi). Natijada, bu takliflar oliy pedagogik ta’lim jarayonini yanada takomillashtirishga xizmat qilgan;
yoshlar tarbiyasi bilan bog‘liq “ahloqiylik”, “ma’naviylik”, “odoblilik” va “ma’rifatlilik” kabi axloqiy-pedagogik kompetensiyalari indikatorlarining yoshlar tarbiyasi transformatsiyasi, generatsiyasi va refleksiyasiga regulyativ ta’siri asoslangan amaliy tavsiyalar va tahlillardan O‘zbekiston Respublikasi “Yuksalish” umummilliy xarakatining 2021 yilga mo‘ljallangan ish rejasining ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi “Yuksalish” umummilliy harakatining 2022 yil 18 fevraldagi 185-son dalolatnomasi). Dissertatsiya natijalarining amaliyotda qo‘llanilishi aholining ma’naviy-axloqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilgan;
yoshlarda «yaxshilik», «sharaf», «vijdon», «adolat», «nafs» bilan bog‘liq ahloqiy tushunchalarining ob’ektiv va sub’ektiv munosabatlarini o‘zida mujassamlashtirgan tarbiyaviy qadriyatlar orqali ma’naviy-axloqiy fazilatlarni rivojlantirishning intellektuallik, mehnatsevarlik, zukkolik, idroklilik, sobitlilik, irodalilik kabi pedagogik-psixologik ko‘rsatkichlari aniqlangan va tarbiyaviy maqsadlarini harakatlantiruvchi kuchi ekanligi mantiqiy dalillangan ilmiy tavsiyalardan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022 yil 14 apreldagi 91-son dalolatnomasi). Buning natijasida talaba-yoshlarning umuminsoniy, milliy va madaniy qadriyatlarga munosabat darajasi, kognitiv, ijodiy-kreativ, ma’naviy-axloqiy kompetentligi va tarbiyalanganligi darajasi oshgan;
yoshlar ma’naviy-axloqiy tarbiyasining tarixiy-pedagogik, aksiologik-psixologik tizimi hamda ta’lim-tarbiyaning zamonaviy yo‘nalishlarini modellashtirish asosida talabalar ma’naviyatini diagnostika qilish va korreksiyalashning shaxsga yo‘naltirilgan, gumanistik, kognitiv va kompetensiyaviy paradigmalari deterministik omil ekanligi asoslanganligi hamda yuksak ma’naviy va ahloqiy xususiyatlarga ega shaxsni shakllantirish va rivojlantirishdagi miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini takomillashtirishning metodik, kreativlik mezonlari aniqlanib, Xorazm mutafakkirlari tasavvufiy dunyoqarashining tarbiya jihatlarini oshirishda auditopiya va auditopiyadan tashqapi dars mashg‘ulotlapini tashkil qilish, ma’naviy-tarbiyaviy texnologiyalarni qo‘llashga oid didaktik ta’minot tizimini rivojlantirishga doir ilmiy tavsiyalap va takliflardan va “Yurtim bo‘ylab o‘n kun sayohat” loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 10 fevraldagi 14-son dalolatnomasi). Natijada, Xorazm mutafakkirlarining tasavvufiy g‘oyalarini ta’lim tizimiga joriy etilishi yoshlar ma’naviy-axloqiy tarbiyasini yanada takomillashtirishda xamda yoshlarni ma`naviyatini yuksaltirishga xizmat qilgan.