Saidova Kamola Uskanbaevnaning  
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oilaning ekzistensial tajriba paradigmasi Sharq va G‘arbda komparativistik tahlil omili sifatida”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Fal100.
Ilmiy maslahatchi: Mahmudova Guli Tilabovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Abilov Urol Murodovich, falsafa fanlari doktori, professor; Turg‘unov Murodjon Tursunboevich, yuridik fanlari doktori, professor; Xuseinova Abira Amanovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sharq va G‘arb mutafakkirlari ta’limotlarini qiyosiy ko‘rib chiqish asosida oilaviy tajribaning shakllanishi va transformatsiya jarayonlarini paradigmal ekzistensial-falsafiy ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sharq va G‘arb mutafakkirlari inson mavjudligiga oid ijtimoiy-ekzistensial qarashlari Yangi O‘zbekiston sharoitidagi, jamiyatimizga xos bo‘lgan kuchli oila instituti va demokratik-huquqiy davlatning erkin va farovon dasturi kesimida ochib berilgan;
Sharq va G‘arb mutafakkirlarining oila institutiga hamda jamiyatdagi oilaviy va nikoh munosabatlarining madaniy-axloqiy komponentlariga bo‘lgan ekzistensial qarashlari evolyusiyasining shakllanayotgan avlod uchun muhim innovatsion omil ekanligi isbotlangan;
oilaviy qadriyatlar va oilaviy-nikoh munosabatlarining madaniyati turli xil madaniyatlar va ijtimoiy-axloqiy me’yorlarning o‘zaro boyitilishi faqatgina noyob mahalla instituti tomonidan bo‘lgan ko‘magi asosida transformatsiyalashishi asoslangan;
oilaviy-nikoh ittifoqi madaniyatining shakllanish va rivojlanish jarayoni, uning Sharqdagi an’anaviy qadriyatining o‘ziga xos ahamiyati hamda O‘zbekiston Respublikasi milliy identikligi ijtimoiy-kundalik va inson ehtiyojlarini ta’minlashi dalillangan;
Sharq va G‘arb mutafakkirlarining ayollar, oila, nikoh, gender tenglik haqidagi ijtimoiy-ekzistensial ta’limotlarining zamonaviy oilaviy aloqalarni barqaror shakllantirish va Yangi O‘zbekistondagi barkamol avlod rivojlanishida dunyoqarashga (o‘smirlar, xotin-qizlarning) ko‘p funksiyali (diniy, milliy, dunyoviy) ijtimoiy-pedagogik ta’sir o‘tkazish mexanizmi orqali amalga oshirish zaruriyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oilaning ekzistensial tajriba paradigmasi Sharq va G‘arbda komparativistik tahlil omili sifatida olib borilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra quyidagilarni qayd etish mumkin:
Sharq va G‘arb mutafakkirlari inson mavjudligiga oid ijtimoiy-ekzistensial qarashlari Yangi O‘zbekiston sharoitidagi, jamiyatimizga xos bo‘lgan kuchli oila instituti va demokratik-huquqiy davlatning erkin va farovon dasturi kesimiga doir xulosalardan O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy Kengashi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining 2021 yil 29 sentyabrdagi 02-318-son ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik huquqiy islohotlarning mazmun-mohiyati, an’anaviy oilaviy qadriyatlarning yo‘naltirilgan erkin jamiyatdagi jamoatchilik e’tiborini mustahkamlashga xizmat qilgan;
Sharq va G‘arb mutafakkirlarining oila institutiga hamda jamiyatdagi oilaviy va nikoh munosabatlarining madaniy-axloqiy komponentlariga bo‘lgan ekzistensial qarashlari evolyusiyasining shakllanayotgan avlod uchun muhim innovatsion omil ekanligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan aholi o‘rtasida o‘tkazilgan tadbirlar, davra suhbatlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligining 2022 yil 5 yanvardagi 3-13-23-04-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarning ijtimoiy hayot, «oilaviy munosabatlar» muammosini konstruktiv anglashga, oilaviy va nikoh munosabatlariga oid bilimlari oshishiga erishilgan;
oilaviy qadriyatlar va oilaviy-nikoh munosabatlarining madaniyati turli xil madaniyatlar va ijtimoiy-axloqiy me’yorlarning o‘zaro boyitilishi faqatgina noyob mahalla instituti tomonidan bo‘lgan ko‘magi asosida transformatsiyalashiga oid taklif va xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining Hududiy bo‘linmalari tomonidan turkum hududiy va masofaviy seminar-treninglar tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2021 yil 27 dekabrdagi 01-69/720-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy natijaning amaliyotga tatbiq etilishi ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlarning jadallashuvi va vazirlik tomonidan o‘tkazilayotgan islohotlarning ro‘yobga chiqishida muhim ahamiyat kasb etgan holda profilaktik choralarni o‘z vaqtida ko‘rsatish, yoshlarning oila qurish va birga yashash savodxonligini oshirishga xizmat qilgan;
oilaviy-nikoh ittifoqi madaniyatining shakllanish va rivojlanish jarayoni, uning Sharqdagi an’anaviy qadriyatining o‘ziga xos ahamiyati hamda O‘zbekiston Respublikasi milliy identikligi ijtimoiy-kundalik va inson ehtiyojlarini ta’minlashiga oid xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi huzuridagi Zamonaviy san’at markazi tomonidan tashkil etilgan tadbirlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2022 yil 11 fevraldagi 2022/05-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyatda ro‘y bergan muhim tarixiy, ijtimoiy-madaniy, siyosiy o‘zgarishlarni aks ettirgan Sharq oilalari hayotini aks ettiruvchi, oila madaniyati va oilaviy qadriyatlarni shakllantirishda muhim tarkibiy qism bo‘lib xizmat qiladigan «Sharq madaniyati va an’analari» amaliy o‘yinini takomillashtirishga xizmat qilgan;
Sharq va G‘arb mutafakkirlarining ayollar, oila, nikoh, gender tenglik haqidagi ijtimoiy-ekzistensial ta’limotlarining zamonaviy oilaviy aloqalarni barqaror shakllantirish va Yangi O‘zbekistondagi barkamol avlod rivojlanishida dunyoqarashga (o‘smirlar, xotin-qizlarning) ko‘p funksiyali (diniy, milliy, dunyoviy) ijtimoiy-pedagogik ta’sir o‘tkazish mexanizmi orqali amalga oshirish zaruriyatiga oid xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 20 yanvardagi 02/02-66-son  ma’lumotnomasi). Natijalarning amaliyotda joriy etilishi «Ma’naviyat va ma’rifat» markazi tomonidan o‘tkazilgan tadbirlarda tinglovchilari o‘rtasida ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirish, shaxsiy o‘sishning ekzistensial amaliyotining muhim xususiyatlari ham vizual va sxematik (maxsus ma’naviy-ma’rifiy uskunalar yordamida) tushuntirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish