Shayusupov Anvar Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qisilgan va infeksiyalangan ventral churralarni xirurgik davolashda yangicha yondashish», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib120.
Ilmiy rahbar: Kalish Yuriy Ivanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Teshaev Oktyabr Ruxullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdullajanov Baxrom Rustamjanovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: protezli gernioplastikani joriy qilish va yuqori energiyali lazer nurini qo‘llash orqali qisilgan ventral churrali bemorlarni xirurgik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oziqlantiruvchi muhitlarda E.soli va S.aureus bakteriyalarining ikki shtammi koloniyalarining o‘sishini ishonchli tarzda kamaytiruvchi, in vitro sharoitda nurlantirishda bakterisid ta’sirga erishish uchun fokuslanmagan rejimda yuqori energiyali karbonat angidrid lazerining optimal ko‘rsatkichlari aniqlangan;
karbonat angidrid lazerining bakterisid, biostimulovchi ta’siri sababli yiringli-yallig‘lanishli asoratlar paydo bo‘lish chastotasini qisqartirishi, shu bilan birga prolen to‘rga biriktiruvchi to‘qimaning o‘sishi muddatlarini tezlashtirishga, bitish jarayonlarining intensifikatsiyasiga ko‘maklashishi morfologik tadqiqotlar orqali isbotlangan;
churra darvozasi kichik o‘lchamli qisilgan keng va gigant churrali bemorlarda abdominal gipertenziyani yuzaga keltirmay protez plastikasini amalga oshirishga imkon beruvchi tashrixdan keyingi o‘rta ventral churralarni xirurgik davolash usuli ishlab chiqilgan;
qisilgan churralar plastikasida fokuslanmagan lazerli nurlantirishning prolen protez fiksatsiyalangan sohadagi yara asoratlarini intraoperatsion oldini olish imkoniyatlariga ta’siri eksperimental-morfologik tadqiqotlar natijalari asosida isbotlangan;
ichak tutilishi yoki qisilgan a’zo nekrozi bilan asoratlangan qisilgan churralarda polipropilen protezini implantatsiyasida yara jarayoni kechishining patogenetik xususiyatlariga aniqlik kiritilgan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qisilgan churralarni xirurgik davolashda to‘rli protez va yuqori energiyali lazerli nurlanishdan foydalanish natijalarini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Tashrixdan keyingi o‘rta ventral churralarni xirurgik davolash usuli”ga ishlab chiqilgan (Ixtiroga patent №IAP 04605, 28.11.2012 y.). Taklif etilgan usul churra darvozasi o‘lchami kichik bo‘lgan qisilgan keng va gigant churrali bemorlarda abdominal gipertenziyani yuzaga keltirmagan holda protez plastikasini amalga oshirishga imkon bergan;
tashrixdan keyingi churralarda qorin old devorini protezlash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “Tashrixdan keyingi churralarda qorin old devorini protezlash” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 9 avgustdagi 08-23328-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan tavsiyalar tashrixdan keyingi turli shakldagi ventral churralarda protezli gernioplastikani amalga oshirishga taktik yondashuvlarni optimallashtirishga imkon bergan;
qisilgan ventral va chov churrali bemorlarga xirurgik yordam ko‘rsatish sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Andijon davlat tibbiyot institutining klinikasi va “Akademik V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi”ning Nukus filiali faoliyatiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 9 avgustdagi 08-23328-son ma’lumotnomasi). Gernioplastika uchun sintetik to‘rli protezlar va yuqori energiyali lazerli nurlantirish qo‘llanilgan qisilgan chov va ventral churrali bemorlarni xirurgik davolashning taktik va texnik jihatlarini takomillashtirish yiringli yara asoratlarini 3 baravar kamaytirishga imkon bergan.