Safaeva Dilafruz Ruzmatovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Chuqur bosma usulida qadoqlash materiallari (polipropilen) ning bosma-texnik xossalarini tadqiq qilish” 05.02.03 –Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnik tizimlar (texnika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2661
Ilmiy rahbar: Eshbaeva Ulbosin Jamalovna, texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Baxadirov G‘ayrat Ataxanovich, texnika fanlari doktori, professor; Ravshanov Dilshod Chorshanbievich texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mahalliy xomashyolardan foydanilgan xolda polietilen plyonkalarning yuzalariga ishlov berish yo‘li bilan ularni matbaa jarayonida o‘rash-qadoqlash mahsulotlarini tayyorlash va ko‘p qatlamli kompozision material olish usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
matbaa jarayonida o‘rash-qadoqlash mahsulotlarini tayyorlash maqsadida maxalliy polipropilendan foydalanib ko‘p qatlamli kompozision materiallar olish usullari polimer materiallar yuzasini metallashtirish va faollashtirish asosida takomillashtirilgan;
polimer plyonka polipropilenga 12 kVt, polietilenga 10 kVt tojli razryadli qiymatlar berilganda ularning adgezion xossalarni ta’minlovchi yuza g‘adir-budurlikka erishilishi aniqlangan;
kompozision ko‘p qatlamli qadoqlash materialining ekspluatatson va deformatsion mustahkamlik xossalarining yaxshilanishini ta’minlovchi 40-50oC xaroratda metallashtirilgan va tasvir bosilgan polipropilen plyonkalar qatlamlarini sol`ventsiz laminirlash usuli ishlab chiqilgan;
chuqur bosma usulida chop etilgan nusxalarning sifatini prognozlash maqsadida tajriba natijalarini qayta ishlash usuli yordamida yuzalar optik zichligi, bosma uskunasi tezligi va bosimi orasidagi regression bog‘lanishlari olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Mahalliy xom ashyodan foydalanib polimer materiallarning bosma-texnik xossalarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha olingan natijalar asosida:
mahalliy sharoitda olingan polipropilen plyonka MChJ «ACCORD VISION» QK bosmaxonasida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2022 yil 03 iyundagi № 06-2223-sonli ma’lumotnomasi). Natijada chuqur bosma usulida poliproropilen materiallarida bosma sifati yaxshilangan va mahalliylashtirish hisobiga qadoqlash materiallari tannarxini 7% ga arzonlashtirishga erishilgan.