Ganiev Baxtiyor Sobirjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bronxial astmaning tarqalishi, havf omillari, profilaktikasida farmakoepidemiologik va innovatsion yondashuv. (O‘zbekistonning ayrim viloyatlari misolida)», 14.00.43 – Profilaktik tibbiyot (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib195.
Ilmiy rahbar: Mamasoliev Nematjon Solievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, PhD.04/04.03.2022.Tib.95.02.
Rasmiy opponentlar: Gadaev Abdigaffor Gadaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mirsaydullaev Mirmaxmud Mirshaxidovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga muvofiq.
II. Tadqiqotning maqsadi: Mintaqaviy epidemiologik xususiyatlarni hisobga olgan holda O‘zbekiston aholisi orasida bronxial astmaning tarqalishi, xavf omillari va davolash monitoringini olib borish bo‘yicha yangi samarali dasturlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonning ayrim hududlaridagi katta yoshli aholi orasida bronxial astma kasalligi tarqalishi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyatning to‘liq tavsifi berilib, bronxial astmaning tarqalishi o‘sish tendensiyasiga ega ekanligi aniqlangan;
ilk bor O‘zbekiston aholisi orasida bronxial astma bo‘yicha farmakoepidemiologik monitoring dasturining samaradorligi mintaqaviy epidemiologik xususiyatlarni hisobga olgan holda baholangan;
ilk bor bronxial astma bilan og‘rigan bemorlarni an’anaviy va zamonaviy monitoringining qiyosiy xarakteristikasi, geografik sharoitga qarab oldini olish jihatlari aniqlangan;
bronxial astma bilan og‘rigan bemorlarning birlamchi sog‘liqni saqlash muassasalarida ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifati va statsionar yordam sifatidan qoniqishi baxolangan;
pulmonologiya xizmatining tibbiyot va hamshiralar xodimlari o‘rtasida samarali parvarish va dalillarga asoslangan tibbiyot tamoyillari bo‘yicha bilim darajasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bronxial astmaning tarqalishi, xavf omillari, profilaktikasida farmakoepidemiologik va innovatsion yondashuv erta tashxislashning ilg‘or innovatsion texnologiyalarini va samarali profilaktika tizimini ishlab chiqish orqali bronxial astmaning davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bronxial astmaning tarqalishi, xavf omillari, profilaktikasida farmakoepidemiologik va innovatsion yondashuv bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida «Rasprostranyonnost`, faktori riska, farmakoepidemiologiya i innovatsiya v profilaktike bronxial`noy astmi (na primere nekotorix regionov Uzbekistana)» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 12 oktyabrdagi 8n-z/341-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bronxial astmaning tarqalishi, xavf omillari, profilaktikasida farmakoepidemiologik va innovatsion yondashuv va u bilan bog‘liq klinik holatlar rivojlanishini oldini olish bo‘yicha profilaktik yondashuvlar sifatini oshirish imkonini bergan;
bronxial astmaning tarqalishi, xavf omillari, profilaktikasida farmakoepidemiologik va innovatsion yondashuv bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasining 1 – sonli Markaziy klinik shifoxonasi, Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasining Mirzo – Ulug‘bek tuman Tibbiyot birlashmasi va Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliyotlariga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 oktyabrdagi 8 n-z/341-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari bronxial astmaning tarqalishi, xavf omillari, profilaktikasida farmakoepidemiologik va innovatsion yondashuvida shakllanishini oldini olishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilashga va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga imkon bergan.