Rashidov Farrux Ismoilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Aksiyadorlik jamiyatlarida marketing strategiyalari samaradorligini baholashni takomillashtirish”, 08.00.11 – Marketing va 08.00.13 – Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Iqt1924.
Ilmiy maslahatchi: Fattaxov Adxamjon Azizovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Yo‘ldoshev Nuritdin Qurbonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ashurov Zufar Abdulloevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: aksiyadorlik jamiyatlarida marketing strategiyalari samaradorligini baholashni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
muvozanatlangan ko‘rsatkichlar tizimi asosida kompaniya bosh strategiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan samarali marketing strategiyalari ishlab chiqish mexanizmi taklif etilgan;
7R marketing kompleksidan foydalangan holda marketing strategiyalari samaradorligini baholash takomillashtirilgan;
7R marketing kompleksi asosida marketing strategiyalarini yaratish mexanizmi va samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari tizimidan foydalangan holda “o‘rtacha” (80%-90%), “etarli” (90%-100%), “yuqori” (100% dan yuqori) chegaralaridagi mezonlar orqali xodimlarni ruxlantirish mexanizmi ishlab chiqilgan;
samaradorlikni oshirish maqsadida muvozanatlangan ko‘rsatkichlar tizimi va samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari tizimidan foydalangan holda aksiyadorlik jamiyatlaridagi natija bermayotgan bo‘limlar va xodimlarni aniqlash tizimi joriy etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini rivojlantirishning marketing strategiyasi bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
muvozanatlangan ko‘rsatkichlar tizimi (Balanced Scorecard - BSC) va samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari (Key Performance Indicators – KPI) tizimidan foydalangan holda samarali marketing strategiyasini shakllantirish «O‘zikkilamchiranglimetall» AJ faoliyatiga joriy etilgan («O‘zikkilamchiranglimetall» AJning 2021 yil 20 maydagi 1054-02/26-son ma’lumotnoma). Ushbu samarali marketing strategiyasining amaliyotga joriy etilishi aksiyadorlik jamiyati faoliyati samaradorligini 13 foizga oshirish imkonini bergan;
yaratilgan tizim asosida marketing strategiyalarini bajarilishini monitoring qilib borish, natijada kompaniyaning asosiy strategiyasini bajarilishini baholash mezonlari bo‘yicha berilgan takliflar «O‘zikkilamchiranglimetall» AJ faoliyatiga joriy etilgan («O‘zikkilamchiranglimetall» AJning 2021 yil 20 maydagi 1054-02/26-son ma’lumotnoma). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tarmoqning asosiy va marketing strategiyasini natijadorligini aniqlash imkonini bergan;
samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari (Key Performance Indicators – KPI) tizimidan foydalangan holda xodimlarni ruxlantirish mexanizmi bo‘yicha berilgan takliflar «O‘zikkilamchiranglimetall» AJ faoliyatiga joriy etilgan («O‘zikkilamchiranglimetall» AJning 2021 yil 20 maydagi 1054-02/26-son ma’lumotnoma). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida xodimlarning mexnat unumdorligi 25 foizga oshirish imkonini bergan;
aksiyadorlik jamiyatidagi natija bermayotgan bo‘limlar va xodimlarni aniqlash tizimi bo‘yicha berilgan takliflar «O‘zikkilamchiranglimetall» AJ faoliyatiga joriy etilgan («O‘zikkilamchiranglimetall» AJning 2021 yil 20 maydagi 1054-02/26-son ma’lumotnoma). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida aksiyadorlik jamiyatining samaradorlik ko‘rsatkichi 15 foizga oshirish imkonini bergan.