Djuraev Mansur Egamberdievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Paragenetik landshaftlarning o‘zaro bog‘liqligi, morfologiyasi va dinamikasi (Farg‘ona vodiysi adir-tekislik paragenetik landshaftlari misolida)», 11.00.01 - Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Gr114.
Ilmiy rahbar: Xoliqov Raximjon Yigitalievich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2021.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Boymirzaev Karimjon Mirzamaxmudovich, geografiya fanlari doktori, professor; Nazarov Maqsudjon Geldiyorovich, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona vodiysi janubidagi adir-tekislik paragenetik landshaftlarining o‘zaro aloqadorlik, geokimyoviy jarayonlarni landshaft meliorativ holatga ta’sirini aniqlash hamda ularni yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paragenetik landshaftlarning ierarxik tabaqalanish (baland tog‘ paragenetik, o‘rta tog‘ paragenetik, past tog‘ paragenetik, baland adir paragenetik, past adir paragenetik, daryo vodiy paragenetik) tizimlari ishlab chiqilgan;
adir-tekislik paragenetik landshaftlarining 1:140 000 mashtabli kartasi GAT texnologiyalarini qo‘llash asosida (“Farg‘ona vodiysi janubiy qismlari adir-tekislik paragenetik landshaftlarini ekologik karkaslari kartasi”) yaratilgan;
Janubiy Farg‘ona adir-tekislik paragenetik landshaftlari bo‘ylab geokmyoviy kesmalar yaratilgan bo‘lib, ularda migratsion jarayonlar yo‘nalishlari, geokimyoviy aloqadorlikning dinamik jihatlari va vujudga kelishi aniqlangan;
Farg‘ona vodiysining janubiy qismidagi adir-tekislik paragenetik landshaftlarini tizimlashtirilgan, geokimyoviy migratsion jarayonlarning meliorativ holatga ta’siri baholangan va ularni yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Paragenetik landshaftlarning o‘zaro bog‘liqligi, morfologiyasi va dinamikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
paragenetik landshaftlarning ierarxik tabaqalanish (baland tog‘ paragenetik, o‘rta tog‘ paragenetik, past tog‘ paragenetik, baland adir paragenetik, past adir paragenetik, daryo vodiy paragenetik) tizimlaridan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 2 avgustdagi 07/35-04/5185-son ma’lumotnomasi). Natijada, hududda paragenetik tizimlar o‘rtasidagi landshaft ekotonlarini ajratish imkonini bergan;
adir-tekislik paragenetik landshaftlarining 1:140 000 mashtabli kartasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 2 avgustdagi 07/35-04/5185-son ma’lumotnomasi). Natijada, adir-tekislik mintaqalarida yangi yashil maydonlarni ko‘paytirishga, turli darajada tabiiy ofatlarni olidini olish hamda himoya o‘rmon polosalarini tashkil etishga imkon bergan;
Janubiy Farg‘ona adir-tekislik paragenetik landshaftlari bo‘ylab o‘tkazilgan geokimyoviy kesmalar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 2 avgustdagi 07/35-04/5185-son ma’lumotnomasi). Natijada, adir paragenetik landshaftlardan foydalanishning ekologik-meliorativ tamoyillarni ishlab chiqish imkonini bergan;
Farg‘ona vodiysining janubiy qismidagi adir-tekislik paragenetik landshaftlarini tizimlashtirish, geokimyoviy migratsion jarayonlarning meliorativ holatga ta’siri baholash va ularni yaxshilash bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 2 avgustdagi 07/35-04/5185-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, hududda meliorativ chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini bergan.