Raximov Atabek Karimboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Islohotlarning jadallashuvi sharoitida iqtisodiy geografik mikrorayonlashtirishni takomillashtirish xususiyatlari (Xorazm viloyati misolida)», 11.00.02 - Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Gr101.
Ilmiy rahbar: Qayumov Abduhakim Abduhamidovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2021.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Safarov Baxodir Shaxriyorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qurbonov Shuxrat Bekmetovich, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xorazm viloyati hududini iqtisodiy geografik mikrorayonlashtirish va ajratilgan mikrorayonlar xususiyatlarini kompleks ochib berish asosida viloyat iqtisodiyotining hududiy tarkibini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston sharoitida viloyatlarni iqtisodiy geografik mikrorayonlashtirishning mezonlari tizimi (yalpi sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining o‘zaro nisbati, sanoatning tarmoqlar tarkibi, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari tarkibi, katta va yirik shaharlarning ta’sir darajasi, ishchi kuchi mayatniksimon migratsiyasining yo‘nalishlari, rekreatsiya va turizmni rivojlantirish imkoniyatlari) va ular asosidagi iqtisodiy geografik mikrorayonlarning tipologiyasi ishlab chiqilgan;
Xorazm viloyati tarkibidagi ma’muriy-hududiy birliklarining xo‘jalik tarmoqlarini rivojlantirish imkoniyatlari va ulardan foydalanish holati, ixtisoslashuvi, ishchi kuchining o‘zaro almashinuvi jihatidan hududiy o‘xshashlik va tafovutlari, o‘zaro bog‘liqliklaridan kelib chiqib 4 ta (Markaziy, Shimoli-G‘arbiy, Janubi-G‘arbiy, Janubi-Sharqiy) iqtisodiy geografik mikrorayonga ajratish asoslangan;
hududlarni iqtisodiy geografik mikrorayonlarga ajratishning kartografik usuli zamonaviy geografik axborot tizimi (GAT) texnologiyalaridan foydalanish orqali takomillashtirilgan va ArcGIS, CorelDraw dasturlarida 1:850 000 masshtabli Xorazm viloyati iqtisodiy geografik mikrorayonlashtirish kartasi yaratilgan;
viloyat iqtisodiy geografik mikrorayonlari kesimida turizm va u bilan bog‘liq xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini (mehmonxona xo‘jaligi, umumiy ovqatlanish, transport) rivojlantirishga qaratilgan ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xorazm viloyati hududini iqtisodiy geografik mikrorayonlarga ajratish va shu asosda viloyat iqtisodiyotining hududiy tarkibini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston sharoitida viloyatlarni iqtisodiy geografik mikrorayonlashtirishning mezonlari tizimi (yalpi sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining o‘zaro nisbati, sanoatning tarmoqlar tarkibi, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari tarkibi, katta va yirik shaharlarning ta’sir darajasi, ishchi kuchi mayatniksimon migratsiyasining yo‘nalishlari, rekreatsiya va turizmni rivojlantirish imkoniyatlari) va ular asosidagi iqtisodiy geografik mikrorayonlarning tipologiyasi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 30 maydagi 05/17-01-20/31-son ma’lumotnomasi). Natijada, Xorazm viloyatining qishloq tumanlari va shaharlarida hududiy tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda aholi bandligini oshirish choralarini ishlab chiqish va amalga oshirish imkonini bergan;
Xorazm viloyati tarkibidagi ma’muriy-hududiy birliklarining xo‘jalik tarmoqlarini rivojlantirish imkoniyatlari va ulardan foydalanish holati, ixtisoslashuvi, ishchi kuchining o‘zaro almashinuvi jihatidan hududiy o‘xshashlik va tafovutlari, o‘zaro bog‘liqliklari asosida ajratilgan iqtisodiy geografik mikrorayonlar sxemasi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi amaliyotida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 30 maydagi 05/17-01-20/31-son ma’lumotnomasi). Natijada, Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbol parametrlarini hamda viloyat tuman va shaharlari sanoatining ixtisoslashuvini mahalliy sharoitdan kelib chiqib takomillashtirish imkonini bergan;
Xorazm viloyati iqtisodiy mikrorayonlari va ularda xizmat ko‘rsatish orqali aholi bandligini ta’minlashni oshirish maqsadida yaratilgan 1:850 000 masshtabli Xorazm viloyati iqtisodiy geografik mikrorayonlashtirish xaritasi O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekistan Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 19 apreldagi 02-18/1975-son ma’lumotnomasi). Natijada, Xorazm viloyati iqtisodiy mikrorayonlarida mehnat resurslari salohiyatidan samarali foydalanish strategiyasini takomillashtirish, hududlarda xizmat ko‘rsatishni chuqurlashtirish imkonini berdi;
viloyat iqtisodiy geografik mikrorayonlari kesimida ishlab chiqilgan turizm va u bilan bog‘liq xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini (mehmonxona xo‘jaligi, umumiy ovqatlanish, transport) rivojlantirishga qaratilgan ilmiy taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekistan Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 19 apreldagi 02-18/1975-son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyatda turizmni rivojlantirishning muqobil yo‘nalishlarini asoslashga va kelajak istiqbollarini belgilab olish imkonini bergan.