Asadov Nodirjon Zokirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali buyrak va periferik arteriyalar ishemiyasini invaziv davolash dinamikasida klinik-diagnostik avj olish markerlari», 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1822.
Ilmiy rahbar: Daminov Botir Turg‘unpo‘latovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib 30.02.
Rasmiy opponentlar: Shodiqulova Gulandom Zikriyaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Jabbarov Ozimboy Otaxonovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: A.N. Bakulev nomidagi yurak - qon tomir jarroxligi milliy tibbiy tadqiqot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oyoqlarning surunkali ishemik kasalligi mavjud bemorlarda uning arteriyalarining aterosklerozi va buyraklar disfunksiyasi kuchayishining klinik hamda dopplerografik markerlarini aniqlash va invaziv terapiya o‘tkazilgandan keyin dinamikada kompleks davolashni mukammallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
buyrak va oyoq tomirlarini turli darajadagi ishemiyasi mavjud bemorlarda turli xil ifodalangan yurak-tomir tizimi xavf omillari aniqlangan;
buyraklar disfunksiyasini oyoqlarni surunkali ishemiyasi bilan birga kelishi kasallik kechishini og‘irlashtiradigan omil ekanligi ko‘rsatilgan;
ishlab chiqilgan mezonlar negizida periferik arteriyalarning kasalliklari mavjud bemorlarni davolashda antioksidant (etilmetilgidroksipiridin suksinat) terapiya qo‘llanilishining samaradorligi baholangan;
klinik belgilar va ul`tratovush tekshirishi nazoratida buyraklar disfunksiyasi bilan qo‘shilib kelgan oyoqlar surunkali ishemiyasini farmakoterapiyasining turli sxemalari samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali buyrak va periferik arteriyalar ishemiyasini invaziv davolash dinamikasida klinik-diagnostik avj olish markerlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan:
surunkali buyrak kasalligida oyoqlarning surunkali ishemiyasi kuchayishi markerlarini va hayot sifatini baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida ishlab chiqilgan «Oyoqlarning surunkali ishemiyasi kuchayishi markerlarini va hayot sifatini baholash» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 28 maydagi 8n-d/171-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma surunkali buyrak kasalligida buyrak va yurak-qon tomir tizimidagi o‘zgarishlar va davolashni muqobillashtirish orqali kasallik asoratlarini kamaytirish imkonini bergan;
buyraklar va periferik arteriyalarning surunkali ishemiyasi kuchayishining klinik-tashhisiy markerlari baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida ishlab chiqilgan «Buyraklar va periferik arteriyalarning surunkali ishemiyasi kuchayishining klinik-tashhisiy markerlari» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 28 maydagi 8n-d/171-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomada buyraklar va periferik arteriyalarning surunkali ishemiyasi kuchayishining klinik-tashhisiy markerlarini qo‘llash orqali kasallikka erta aniqlash va asoratlarni oldini olish imkonini bergan;
surunkali buyrak va periferik arteriyalar ishemiyasini invaziv davolash dinamikasida klinik-diagnostik avj olish markerlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, akademik V.Vaxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, shuningdek «BAHOR NUR (SHOX INTERNATIONAL HOSPITAL)» mas’uliyati cheklangan jamiyat tibbiyot markazi bo‘limlari amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 15 iyuldagi 08-20407-son xulosasi). Olingan ilmiy natijalar oyoqlarning surunkali ishemiyasi mavjud bemorlarda buyraklar funksiyalarini tashhislash sifatini oshirish va ushbu toifadagi bemorlarning hayot sifatini 41% ga yaxshilash imkonini bergan.