Elmurodov Jamshid Asatillaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun ochiq axborot-ta’lim muhitini yaratish va joriy etish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.06 - Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped525. 
Ilmiy rahbar: Xaydarov Baxodir Qayumovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxan Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, dotsent, Nishonov Axram Xasanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun ochiq axborot-ta’lim muhitini yaratish va joriy etish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ochiq axborot-ta’lim muhitini yaratish hissiyotli o‘quv-ma’lumotlardan foydalanish qulayligini transformatsion modellashtirish hamda dinamik chizmalar yordamida vizualizatsiya qilish  asosida takomillashtirilgan;
ochiq axborot-ta’lim muhiti o‘qitish jarayonida o‘quvchilar virtual bozorining zamonaviy ehtiyojlari va amaliy dasturlarini xususiylikdan umumiylikka moslashtirilgan mantiqiy-indvidual topshiriqlar hamda axborotni variativ shakllarda taqdim etishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
fanlarni samarali o‘qitishda interfaol ta’lim texnologiyalaridan foydalanish didaktik mul`timediali elektron ta’lim resurslari mazmuni mantiqiy va narrativ ma’lumotlarni qayta ishlash hamda axborot tizimi spiral modelining asosiy bosqichlarini o‘zaro proporsional sinxronlashtirish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning darsdan tashqari o‘quv jarayonlari umuminsoniy xarakterdagi ochiq axborot-ta’lim muhiti qadriyatlari orqali ta’lim samaradorligini elektron ta’lim muhitining tarkibiy-funksional komponentlari mazmundorligi axborot xavfsizligi tamoyillariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun ochiq axborot-ta’lim muhitini yaratish va joriy etish metodikasini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari:
ochiq axborot-ta’lim muhitini yaratishda hissiyotli o‘quv-ma’lumotlardan foydalanish qulayligini transformatsion modellashtirish hamda dinamik chizmalar yordamida vizualizatsiya qilish  asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-20140906164153 raqamli “Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlar orqali o‘quvchilarda informatsiyaviy tahdidlarga qarshi kurashish mexanizmini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 23 sentyabrdagi 02-02/7-714-son ma’lumotnomasi). Natijada  o‘quvchilar bilimini tezkor baholash va nazorat qilishga mo‘ljallangan onlayn tizim fanlarning o‘qitish metodikasini hamda sifati monitoringi samaradorligini oshirishga imkon bergan;
ochiq axborot-ta’lim muhiti o‘qitish jarayonida o‘quvchilar virtual bozorining zamonaviy ehtiyojlari va amaliy dasturlari xususiylikdan umumiylikka moslashtirilgan mantiqiy-indvidual topshiriqlar hamda axborotni variativ shakllarda taqdim etishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar MRB-OT-2019-23 raqamli “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda pedagog kadrlarni tayyorlashning ilmiy-metodik ta’minoti” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 23 sentyabrdagi 02-02/7-714-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini takomillashtirish imkoniyati kengaytirgan.
fanlarni samarali o‘qitishda interfaol ta’lim texnologiyalaridan foydalanish didaktik mul`timediali elektron ta’lim resurslari mazmuni mantiqiy va narrativ ma’lumotlarni qayta ishlash hamda axborot tizimi spiral modelining asosiy bosqichlarini o‘zaro proporsional sinxronlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-20140906164153 raqamli “Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlar orqali o‘quvchilarda informatsiyaviy tahdidlarga qarshi kurashish mexanizmini ishlab chiqish”  mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 23 sentyabrdagi 02-02/7-714-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning darsdan tashqari o‘quv faoliyatini takomillashtirish imkoniyatini kengaytirgan.
o‘quvchilarning darsdan tashqari o‘quv jarayonlari umuminsoniy xarakterdagi ochiq axborot-ta’lim muhiti qadriyatlari orqali ta’lim samaradorligini elektron ta’lim muhitining tarkibiy-funksional komponentlari mazmundorligi axborot xavfsizligi tamoyillariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir tavsiyalar MRB-OT-2019-23 raqamli “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda pedagog kadrlarni tayyorlashning ilmiy-metodik ta’minoti” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 23 sentyabrdagi 02-02/7-714-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning darsdan tashqari o‘quv faoliyatini takomillashtirish samaradorligi ortgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish