Xalikova Malika Olimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
1.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshqariluvchi elektromagnit vibratsion dvigatellar asosida vibratsion mashinalarning energiya samaradorligini oshirish”,
05.05.01 – “Energetika tizimlari va majmualari”,
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T366.
Ilmiy rahbar: Toirov Olimjon Zuvurovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zR FA Energetika muammolari instituti, DSc.02/30.12.2021.T.143.01.
Rasmiy opponentlar: Aripov Nazirjon Mukaramovich - texnika fanlari doktori, professor; Shavazov Abdulatif Achilovich - texnika fanlari bo‘yicha PhD, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muxandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: boshqariladigan elektromagnit vibratsion dvigatellar asosida vibratsion mashinalarining energiya samaradorligini, uning nochiziqli elementlari bog‘liqligini hisobga olgan holda oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chastotaviy boshqaruvchi elektromagnit vibratsion dvigatelning matematik modeli mexanik va elektromagnit kattaliklar asosida ishlab chiqilgan;
chastotaviy boshqaruvchi elektromagnit vibratsion dvigatelning hisoblash usuli mexanik va elektromagnit kattaliklarning ta’sirini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.
elektromagnit vibratsion dvigatelida magnit oqim tarqalishini va yakorda hosil bo‘luvchi tortishish kuchini hisoblash algoritmi elektromagnit o‘tkazgichining nochiziqli to‘yinish ish rejimi asosida ishlab chiqilgan;
boshqariladigan elektromagnit vibratsion dvigatel bilan bir fazali parallel invertorining funksional sxemasi energiya samaradorligini oshiruvchi impuls kengligi o‘zgartirgichi orqali takomillashtirilgan;
chastotaviy boshqariladigan elektromagnit vibratsion dvigatelning funksional sxemasi energiya samaradorligini ta’minlovchi mikrokontroller boshqaruv tizimi asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Boshqariluvchi elektromagnit vibratsion dvigatellar asosida vibratsion mashinalarining energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
mexanik va elektromagnit kattaliklarning ta’sirini hisobga olgan holda chastotaviy boshqaruvchi elektromagnit vibratsion dvigatelning hisoblash usuli “Inter-Roxat” AJ qo‘shma korxonasida joriy etilgan (Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish va vinochilikni rivojlantirish agentligining 2022 yil 21 yanvardagi № 02-07/156-2-son ma’lumotnomasi). Natijada, elektromagnit vibratsion dvigateli rezonans rejimda ishlashini ta’minlash orqali energiya samaradorligini 20-30%ga oshirishga erishilgan.
boshqaruvchi elektromagnit vibratsion dvigatelning matematik modeli va magnit oqim tarqalishini hisoblash algoritmi “Inter-Roxat” AJ qo‘shma korxonasida joriy etilgan (Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish va vinochilikni rivojlantirish agentligining 2022 yil 21 yanvardagi № 02-07/156-2-son ma’lumotnomasi). Natijada, EMVD ishchi organidagi o‘zgaruvchi mahsulot og‘irligiga mos keluvchi rezonans chastotasini 3-5% aniqlikda hisoblash imkonini bergan.
impuls kengligi o‘zgartirgichini mikrokontroller boshqaruv tizimi asosida elektromagnit vibratsion dvigatel bilan bir fazali parallel invertorini funksional sxemasi “Inter-Roxat” AJ qo‘shma korxonasida joriy etilgan (Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish va vinochilikni rivojlantirish agentligining 2022 yil 21 yanvardagi № 02-07/156-1-son ma’lumotnomasi). Natijada, yiliga 3600 kVt*soat elektr energiyasini tejash, shuningdek, ishlash unumdorligini 108 tonnaga oshirish imkonini bergan.