Xolmurodov Muzaffar Bobokulovichning 
falsafa fan doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Meliorativ nasos stansiyalarning energetik samaradorligini oshirish», 05.05.01 – «Energetika tizimlari va majmualari» (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1620.
Ilmiy rahbar: Ishnazarov Oybek Xayrilaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik texnologiya universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Energetika muammolari instituti, DSs.02/30.12.2021.T.143.01.
Rasmiy opponentlar: Aripov Nazirjon Mukarramovich, texnika fanlari doktori, professor; Usmonov Shukurillo Yulbarsovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: «chastotali rostlagich-asinxron motor-melioratsiya nasosi-quvur-hovza» tizimining tarkibiy qismlarini aniqlash va optimal boshqarish asosida meliorativ nasos stansiyasining energetik samaradorligini oshirishdan iborat iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
meliorativ nasos stansiyasining asinxron motorini chastota o‘zgartgich asosida boshqarish usuli takomillashtirilgan;
meliorativ nasos stansiyasining texnologik parametrlarini hisobga olgan holda matematik modeli va «asinxron motor-nasos-havza» tizimi ishlab chiqilgan;
«asinxron motor-nasos-havza» tizimining energiya va resurslarni tejashini hisobga olgan holda texnologik jarayonning belgilangan talablarini ta’minlash asosida maqbul avtomatik boshqariladigan tuzilma ishlab chiqilgan;
meliorativ nasos stansiyasining ish rejimini Simpleks usuli asosida  optimallashtirish algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Meliorativ  nasos stansiyalarning energetik samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
meliorativ nasos uskunasining chastotali rostlanadigan elektr yuritmasi Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi qoshidagi Pulkan nasos stansiyasida joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2020-yil 20-yanvardagi 04/20-238-sonli ma’lumotnoma). Natijada yillik iqtisodiy samaradolik 112 000 000 (bir yuz o‘n ikki million) so‘mni tashkil etgan.
meliorativ nasos stansiyasidagi «asinxron motor – meliorativ nasos agregati – quvur – h
avza» boshqarish tizimi Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi qoshidagi Pulkan nasos stansiyasida joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2020-yil 20-yanvardagi 04/20-238-sonli ma’lumotnoma). Natijada bir yilda 248506 kVt∙soat elektr energiya miqdorini tejash imkonini bergan;
meliorativ nasos stansiyasining optimal boshqarish algoritmi Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi qoshidagi Pulkan nasos stansiyasida joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2020-yil 20-yanvardagi 04/20-238-sonli ma’lumotnoma). Natijada bir yilda suv isrofining miqdorini 15%ga kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish