Payziev Abbos Muxammadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish bilan bog‘liq jinoyat ishlari bo‘yicha gumon qilinuvchini ushlash taktikasini takomillashtirish», 12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Yu 443.
Ilmiy rahbar: Pulatov Yuriy Sayfievich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, DSc.32/30.12.2020.Yu.74.01.
Rasmiy opponentlar: Zakurlaev Abdumutal Karimovich, yuridik fanlar doktori, professor; Xidoyatov Baxtiyor Botirovich, yuridik fanlar nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Bojxona instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish bilan bog‘liq jinoyat sodir etishda gumon qilinuvchini ushlash taktikasi bilan bog‘liq huquqiy munosabatlari asosida jinoyat-protsessual qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotining samaradorligini ta’minlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish, tintuv, ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish, tergov eksperimenti, shaxsni ushlash, himoyachidan voz kechish, shaxsni ushlash jarayonida o‘tkaziladigan shaxsiy tintuv va olib qo‘yish kabi protsessual harakatlar videoyozuv orqali qayd etilishi shartligini belgilash asoslab berilgan;
surishtiruvchi, tergovchi, prokuror gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga nisbatan ushlab turish tarzidagi, sud esa qamoqqa olish, uy qamog‘i yoki ekspertiza o‘tkazish uchun shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasini qo‘llaganida shaxsga nisbatan qo‘llanilgan protsessual majburlov chorasi hamda uning ushlab turilgan joyi to‘g‘risida darhol oila a’zolaridan biriga, ular bo‘lmagan taqdirda esa boshqa qarindoshlariga yoki yaqin kishilariga xabar berishi, shuningdek bu haqida ish yoxud o‘qish joyiga ma’lum qilishi shartligini mustahkamlash asoslantirilgan;
jinoyat ishi qo‘zg‘atilgunga qadar ushlab turish tartibida ichki ishlar organi xodimi, boshqa vakolatli shaxs ushlab turishning asoslaridan bittasi mavjudligini bevosita aniqlasa yoki boshqa shohidlarning so‘zlaridan aniqlasa – gumon qilinuvchiga u jinoyat sodir etishda gumon qilib ushlanganligini ma’lum qilishi, ushlab turilgan shaxsga advokatga yoki yaqin qarindoshiga telefon qilish yoki xabar berish, himoyachiga ega bo‘lish, ko‘rsatuvlar berishni rad etishga bo‘lgan protsessual huquqlarini tushuntirishi shartligini belgilash asoslab berilgan;
ushlab turilgan shaxs ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga keltirilganidan so‘ng huquqni muhofaza qiluvchi organning navbatchisi yoki boshqa xodimi ushlab turish bayonnomasini boshliqning ko‘rsatmasiga binoan darhol tuzishi, unda ushlashning videoyozuv orqali qayd etilganligi (u o‘tkazilgan bo‘lsa), ushlangan shaxsning videoyozuv materiallari bilan tanishganligi, shuningdek shaxsni ushlash vaqtida foydalanilgan vositalarning texnik xususiyatlarini ko‘rsatishi kerakligini hamda bayonnomani ushlab turishning asosliligini tekshirish vazifasi topshirilgan ichki ishlar organi xodimi yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organ xodimi, ushlab keltirgan vakolatli shaxs yoki fuqaro, ushlangan shaxs va xolislar imzo chekib, tasdiqlashi lozimligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot asosida olingan natijalar quyidagilarda o‘z ifodasini topgan:
protsessual harakatlarni videoyozuv orqali qayd etishga oid takliflar «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga jinoyat protsessida ishtirok etuvchi fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilishni kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida»gi qonunning 91-moddasida o‘z ifodasini topgan (Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2022 yil 18 apreldagi 04/2-10/1621-son dalolatnomasi). Taklif shaxsni ushlash, ushlash jarayonidagi harakatlarning ob’ektivligini kafolatlashga xizmat qilgan;
ushlab turilgan gumon qilinuvchining protsessual huquqlariga oid takliflar «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga jinoyat protsessida ishtirok etuvchi fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilishni kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunning 217-moddasi birinchi qismida o‘z ifodasini topgan (Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2022 yil 18 apreldagi 04/2-10/1621-son dalolatnomasi). Ushbu taklif ushlangan shaxsning protsessual huquqlarini ta’minlashga xizmat qilgan;
ushlab turilgan shaxsga protsessual huquqlarini tanishtirishga oid takliflar «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga jinoyat protsessida ishtirok etuvchi fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilishni kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida»gi qonunning 224-moddasi birinchi qismida o‘z ifodasini topgan (Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2022 yil 18 apreldagi 04/2-10/1621-son dalolatnomasi). Ushbu taklif ushlangan shaxsning protsessual huquqlarini ta’minlash bilan bir qatorda xalqaro normaning milliy qonunchiligimizga implementatsiyasini ta’minlagan;
gumon qilinuvchini ushlab turishning protsessual tartibiga oid takliflar «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga jinoyat protsessida ishtirok etuvchi fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilishni kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida»gi qonunning 225-moddasi oltinchi bandida o‘z ifodasini topgan (Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2022 yil 18 apreldagi 04/2-10/1621-son dalolatnomasi). Ushbu taklif gumon qilinuvchi shaxsni ushlashni qonuniyligini ta’minlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish