Yuldoshev Jahongir Tilakmurodovichning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi xaqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari divergent tafakkurini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped2853.
Ilmiy tadqikot ishi bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
Ilmiy raxbar: Shodiev Rizamat Davronovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK rakami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: Hamroev Alijon Ro‘ziqulovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent. Bobomurodova Anora Yavqochtievna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy axamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilari divergent tafakkurini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qitishda idrok etish tezligi, tasvir, qayishuvchanlik, sezgirlik va nostandart g‘oyalarni taqdim eta olish qobiliyatlarni shakllantirishga ustuvorlik berish asosida divergent tafakkurini rivojlantirish imkoniyatlari aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining divergent tafakkurini bir vaqtning o‘zida gorizontal va vertikal holatda harakatga undash asosida fanlardan muammo va masalalarni cheklanmagan sondagi echish usullari va mantiqiy javoblarni izlash, topish va isbotlash ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi (fikrlash, tashxislash va maxsus) topshiriqlar tizimi ishlab chiqilgan;
o‘quvchilarning divergent tafakkurini namoyon qilishga mo‘ljallangan STEAM xarakteridagi topshiriqlar (IQ testlar, intellektual onlayn o‘yinlar, modellashtirish va algoritmlash)ni o‘quv jarayoni fanlari(o‘qish, ona tili, matematika, texnologiya, tabiatshunoslik va tarbiya)ga ichki va tashqi integratsiyalash orqali o‘qitish metodikasi takomillashtirilgan;
boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘quvchilarda topshiriq va muammolarning original echimini nostandart usullarda amalga oshirishni nazarda tutuvchi morfologik tahlil, blokli modellash va variativ intellekt kabi ta’lim texnologiyalarini qo‘llash orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining divergent fikrlash ko‘nikmalarini baholash mezonlari (reproduktiv, produktiv va evristik) takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘quvchilarning divergent tafakkurini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-metodik tavsiyalar asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qitishda idrok etish tezligi, tasvir, qayishuvchanlik, sezgirlik va nostandart g‘oyalarni taqdim eta olish qobiliyatlarni shakllantirishga ustuvorlik berish asosida divergent tafakkurini rivojlantirish, topshiriqlar tizimini tashkil etishga va tayyorlash metodikasiga doir nazariy qarashlar va tajribalar, masalalar hamda muammolarning echimlarini bir necha usulda topishlarini o‘rgatishga, ularni ijodiy fikrlashga undaydigan topshiriqlar tizimini takomillashtirishga oid dasturiy vosita, xulosalar va tavsiyalar “Masalalar echish bo‘yicha praktikum” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-son buyrug‘i, 237-215-son guvohnoma). Hatijada, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining axborot texnologiyalariga oid bilimlari takomillashtirilgan va bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini metodik faoliyatga tayyorlash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining divergent tafakkurini bir vaqtning o‘zida gorizontal va vertikal holatda harakatga undash, muammo va masalalarni cheklanmagan sondagi echish usullari va mantiqiy javoblarni izlash, topish va isbotlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga oid xulosalar va tavsiyalardan fikrlash, tashxislash va maxsus topshiriqlar tizimi ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021 yil 15 oktyabrdagi 01/11-01/10-1482-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich ta’lim tizimiga qo‘yilayotgan bugungi strategik talablarni amalga oshirishga xizmat qilgan;
o‘quvchilarning divergent tafakkurini namoyon qilishga mo‘ljallangan STEAM xarakteridagi topshiriqlar, testlar, intellektual onlayn o‘yinlar, modellashtirish va algoritmlash asosida o‘qish, ona tili, matematika, texnologiya, tabiatshunoslik va tarbiya ga ichki va tashqi integratsiyalash orqali o‘qitish metodikasi takomillashtirishga oid ilmiy asoslangan xulosalar va tavsiyalardan Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi FA-F1-005 “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish”  (2017-2020 yy) fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Koraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 1 dekabrdagi 372/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida divergent tafakkurni rivojlantirish metodikasi yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy metodik taklif va tavsiyalar asosida didaktik jarayonda foydalanish konsepsiyasi, ijtimoiy-falsafiy, badiiy- psixologik, nazariy-poetik tamoyillarning qayta baholash prinsiplarini aniqlash va divergent tafakkurni rivojlantirishga  xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish