Darvishova Gulchehra Kenjabaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sharlotta Brontening badiiy olami poetikasi: tarjima va talqin”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Fil819.
Ilmiy rahbar: Xallieva Gulnoz Iskandarovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Roviyajon, filologiya fanlari doktori; Adilova Shaxnoza Raximovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sharlotta Bronte romanlari poetikasini badiiylik mezonlari asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sharlotta Bronte asarlarining poetik olamini kashf etishning yangi uslublari hamda yozuvchining dastlabki asarlaridagi olamning badiiy manzaralariga doir strukturaviy va poetik xususiyatlarini aniqlash orqali adiba badiiy olamining shakllanishida oila muhiti, ijtimoiy muhit va individual omillar ustunligi aniqlangan;
Sharlotta Brontening an’ana va novatorlik asosida obraz yaratish mahorati Viktorian adabiyoti ayol yozuvchilari shaxsiyati va uslubiga oid ilmiy-nazariy qarashlar, ularga munosabat, tarixiy-adabiy jarayonning taraqqiyot qonuniyatlari va ijtimoiy muhit bilan bog‘liqligi masalalarini ochish orqali dalillangan;
Sharlotta Bronte asarlarida ayol ijtimoiy mavqei, xotin-qizlar xarakterlari tipologiyasi, ayollar taqdiri vositasida davr ijtimoiy manzarasining adabiy-estetik muammolari gender va adabiyot nazariyasining shakliy ixchamlik va mantiqiy izchillik kabi badiiy qonuniyatlari asosida ochib berilgan;
ingliz modern prozasini zamon va makon kategoriyalari kontekstida tasnif qilish orqali «Jeyn Eyr» romani jahon adabiyotshunosligida qashshoqlik va farovonlik, kurash va tinchlik kabi o‘zaro zid tushunchalarning to‘qnashuv maydonida yuzaga kelgan asar ekanligi dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sharlotta Bronte romanlari poetikasini badiiylik mezonlarini tadqiq etish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Sharlotta Bronte romanlarining gumanizm, estetik tuyg‘uni shakllantira olish, badiiy detallarning aniqligi, syujet qurilishi, qahramon ichki dunyosining yozuvchi tomonidan mahorat bilan ochib berilishi, muallif g‘oyasining mantiqiyligi, asar tilining boy va rang-barangligi kabi poetik mezonlar asosida yoritilishiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi»ning 35-bandi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021 yil 6 yanvardagi 01-12-01-44-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek adabiyotshunosligi va tarjimashunosligida viktorian adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq etilishiga erishilgan;
yozuvchi asarlari poetikasi, an’ana va novatorlik, obraz yaratish mahorati muallif tomonidan amalga oshirilgan tarjimalar asosida aniqlanganligi borasidagi nazariy ma’lumotlardan Andijon davlat universitetida 2017-2021 yillarda bajarilgan OT-F1-18 «Ommaviy lisoniy madaniyatni shakllantirish metodlari va metodologiyasini ishlab chikish» mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion Rivojlanish vazirligining 2021 yil 15 yanvardagi 05-13-5303-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha o‘zbek yozuvchilari va ingliz adibasi Sharlotta Bronte ijodidagi mushtaraklik va o‘ziga xoslik haqidagi ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitish imkoni yaratilgan;
Sharlotta Bronte asarlarida ayol ijtimoiy mavqei muammosi qiyosiy-tarixiy va chog‘ishtirma metodi asosida badiiy dalillanganligi, tarjimashunoslik tanqidchiligi mezonlari asosida ilk bor «Jeyn Eyr» asarining rus va fransuz tillariga tarjimalari xususidagi ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi ijodiy tadbirlarida asliyat va tarjima o‘rtasidagi mutanosiblik va nomutanosiblikni qiyosiy-tahliliy yoritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2021 yil 15 martdagi 01-03-392-son ma’lumotnomasi). Natijada «Jeyn Eyr» asari tarjimalaridagi o‘xshash va o‘ziga xos xususiyatlar hamda yozuvchining badiiy mahorati tahlili adiba asarlarida shakliy ixchamlik va mantiqiy izchillik kabi nazariy qonuniyatlarni aniqlashga xizmat qilgan.