Abbasov Behzod Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «1946-1965 yillarda O‘zbekiston qishloqlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarda migratsion omilning roli (Farg‘ona vodiysi materiallari asosida)», 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4. PhDTar/569.
Ilmiy rahbar: Pasilov Baxodir Abdullaevich, tarix fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti. PhD.03/31.03.2021.Tar.05.05.
Rasmiy opponentlar: Musaev Nuriddin Umurzoqovich tarix fanlari doktori, professor; Komilov Oybek Kamilovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqot maqsadi: Farg‘ona vodiysining 1946–1965 yillardagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida ichki migratsiyaning rolini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda respublika qishloq xo‘jaligini, birinchi navbatda paxtachilikni rivojlantirish muhim vazifalardan biri sifatida e’tirof etilgani, Markaziy Farg‘onada olib borilgan agrar siyosat oqibatida qo‘riq va bo‘z erlarni o‘zlashtirilishi, tashkil qilingan xo‘jaliklarni mehnat resurslari bilan ta’minlash masalasi aholini ko‘chirish hisobiga echilganligi asoslab berilgan;
1946–1965 yillarda Markaziy Farg‘onaning qo‘riq va bo‘z erlariga aholini ko‘chirishning hukumat tomonidan aniq mexanizmi ishlab chiqilmaganligi, kishilarning yangi manzildagi noqulay shart-sharoitga moslashishi qiyin kechganligi, qo‘nimsizlik darajasining yuqori bo‘lganligi, bu borada amalga oshirilgan tadbirlarning etarli samara bermaganligi aniqlangan;
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida aholini ko‘chirish tufayli yuz bergan qiyinchiliklar, jumladan, aholining uzoq yillar davomida uy-joy bilan ta’minlanmaganligi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarida xizmat ko‘rsatish tizimining amalda etarli darajada yo‘lga qo‘yilmagani dalillangan;
Markaziy Farg‘ona (Ulug‘nor, Mingbuloq, Yozyovon rayonlari)da yangi erlarning o‘zlashtirilishi, sug‘orma maydonlar hajmining ortishi, migratsion omilning qishloq xo‘jaligiga ko‘rsatgan ta’siri, hamda tashkil qilingan kolxoz va sovxozlarga ko‘chirilgan aholining maishiy turmushidagi ijtimoiy muammolarning echimi bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlar asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farg‘ona vodiysining 1946–1965 yillardagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida ichki migratsiyaning roliga doir ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida:
Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yuz bergan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning kechishi, respublika iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligining ustuvor ahamiyatga ega ekanligi, mazkur davrda paxta yakkahokimligining kuchayib borishi oqibatida, Markaziy Farg‘onada yangi erlarning o‘zlashtirilishi va mintaqada olib borilgan ko‘chirish siyosati va yangi xo‘jaliklarning tashkil qilinishi, amalga oshirilgan jarayonlarida migratsion omilning roli va uning iqtisodiyotiga ko‘rsatgan ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan Namangan viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi eksponatlarining «1946-1965 yillarda O‘zbekiston SSR, jumladan Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yuz bergan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar» mavzusidagi bo‘limlarini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligining 2021 yil 27 yanvardagi 03–12–08–399-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan ilmiy natijalar muzeyga tashrif buyuruvchilarning, ayniqsa yosh avlodni Farg‘ona vodiysida 1946-1965 yillarda kechgan agrar siyosat va uning oqibatlari, jumladan ijtmoiy hayotdagi ziddiyatli va murakkab o‘zgarishlar, hamda ushbu jarayonlarning asl mohiyati xaqidagi tasavvurlarining boyitishga xizmat qildi.
1946-1965 yillarda Farg‘ona vodiysi viloyatlaridagi cho‘l va qo‘riq erlarning o‘zlashtirilishi, ushbu hududlarda yangi xo‘jaliklarning tashkil qilinishi, kishilarning yangi manzildagi noqulay shart-sharoitga moslashishi qiyin kechganligi, ko‘nimsizlik darajasining yuqori bo‘lganligi, bu borada amalga oshirilgan tadbirlarning etarli samara bermaganligi kabi muammolarni tarixiy faktlar asosida ochib berish masalalari YoA–OT–0–14679 YoF2-15 raqamli «O‘zbekiston mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini takomillashtirish yo‘nalishlari» mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda hamda uning asosida «O‘zbekiston mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining shakllanishi va rivojlanishi tarixi» nomli monografiyani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ta’lim vazirligining 2021 yil 6 yanvardagi 89–03–59 son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi 1946-1965 yillarda Farg‘ona vodiysida amalga oshirilgan agrar siyosat tufayli kechgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarda migratsion omillarning rolini aniqlash hamda uning sabab va oqibatlarini xolisona baholashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish