Olimova Nasiba Ismatilloevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiyasi mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “OIV bilan infisirlangan ayollarda genital a’zolari yallig‘lanish kasalliklarining klinik-immunologik xususiyatlari”, 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya, 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya.
Dissertatsiyasi mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1309.
Ilmiy rahbarlar: Narzullaev Nuriddin Umarovich, tibbiyot fanlari doktori., Ixtiyarova Gulchexra Akmalovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc/PhD.04/30.12.2019.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Isenova Saule Shaykenovna, tibbiyot fanlari doktori; Musaxodjaeva Dilorom Abdullaevna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: OIV infeksiyasi bilan zararlangan ayollarda jinsiy a’zolarning yallig‘lanish kasalliklari klinik va immunologik xususiyatlarini o‘rganish va baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
OIV infeksiyasi bilan zararlangan ayollarda yuqori onkogen xavfi bo‘lgan 16-tipdagi odam papillomavirusi 22%, 18-tipdagi odam papillomavirusi 14% bemor ayollarda aniqlanganligi yuqori xavf omili ekanligi asoslangan;
antiretrovirus terapiyasini qabul qilish va qilmasligiga qarab, limfotsitlar subpopulyasiyalarining faollashuv markyorlari ifodalanishi o‘rtasidagi bog‘liqlik hamda o‘tkazilgan antiretrovirus terapiyasiga qarab erta (CD25+) va kech faollashtirilgan (CD95+) limfotsitlar tarkibidagi nomutanosiblik aniqlangan;
jinsiy a’zolar yallig‘lanish kasalliklari bilan og‘rigan OIV bilan zararlangan ayollarda immun tizimi parametrlaridagi o‘zgarishlar aniqlangan, bu esa o‘z navbatida ayollarning immun holatini baholashning differensial taktikasini o‘tkazish isbotlangan;
ilk bor OIV infeksiyasi bilan zararlangan antiretrovirus terapiyasini qabul qilmagan ayollarda limfotsitlar faolligi indeksining 0,5 birlikkacha pasayganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
OIV infeksiyasi bilan zararlangan ayollarda genital a’zolar yallig‘lanish kasalliklarining klinik-immunologik xususiyatlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
OIV bilan kasallangan ayollar immun statusini aniqlash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «OIV bilan zararlangan ayollarda immun tizimining holatini va sitokin holatini baholash usuli» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 04.11.2021 8n-r/1041-son ma’lumotnomasi va Sog‘liqni saqlash vazirligining 25.04.2022 № 08-11029 ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma OIV infeksiyasi kuzatilgan ayollarda immun va sitokin statuslarini baholash imkonini bergan;
OIV bilan infisirlangan ayollarda genital a’zolar yallig‘lanish kasalliklarining klinik xamda immunologik xususiyatlari bo‘yicha olingan natijalar amaliy sog‘liqni saqlashga, jumladan, Buxoro shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli 7- va 4-son oilaviy poliklinikalarning amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 3 dekabrdagi 8n-z\511-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalar OIV bilan infisirlangan ayollar jinsiy a’zolari yallig‘lanish kasalliklari rivojlanishini erta oldini olish, asoratlarini kamaytirish, ular reproduktiv funksiyalarini saqlab qolishga yordam bergan.