Tursunova Dildora Abdusattorovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Tabiiy mirabilitdan kaustik soda va sodali mahsulotlar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 - Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1720.
Ilmiy rahbar: Erkaev Aktam Ulashovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Nomozov Shafoat Sattorovich, texnika fanlari doktori, akademik; Iskenderov Axmed Maksetbaevich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tabiiy mirabilitni soda mahsulotlari va natriy peroksisul`fatga qayta ishlashning fizik-kimyoviy asoslash va texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tabiiy mirabilitdan tenardit, burkeit va kaustik sodani olishda komponentlarning o‘zarota’sirlashuvini2Na+//SO42-, SO32- 2 OH- - H2O eruvchanlik tizimida ilmiy asoslangan; 
sul`fat, karbonat va sul`fat tutuvchi to‘yingan eritmalarni tozalashning maqbul sharoiti aniqlangan;
tabiiy natriy sul`fat eritmasini qayta ishlab tenardit, burkeit va kaustik soda olish bilan kechadigan jarayonga Na2CO3:Na2SO4 nisbat o‘zgartirishi bilan kechadigan texnologik parametrlarning ta’siri aniqlangan;
natriy peroksisul`fatni natriy sul`fatga vodorod peroksidini qo‘shib tuzli cho‘ktirish bilan olishning maqbul texnologik sharoitlari aniqlangan;
SYuV tarkibi va xossalari orasidagi bog‘liqlik yuvuvchi komponentlarning va faol qo‘shimchalarning har xil og‘irlik nisbatlarida aniqlangan;
maishiy ahamiyatga ega SYuV sintezi uchun natriy peroksisul`fat olishning texnologik sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Tabiiy mirabilitdan tenardit, burkeit, kaustik soda va natriy peroksisul`fatlarni konversion va tuzli cho‘ktirish usullari bilan olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tabiiy mirabilit asosida natriy sul`fati olish texnologiyasi «Qo‘ng‘irot soda zavodi» OAJning «2022-2030 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati»ga kiritilgan («O’zkimyosanoat» AJning 2021 yil 5 noyabrdagi 23-3-4025-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy xomashyo asosida maishiy kimyo va shisha sanoati uchun muhim bo‘lgan va tannarhi arzon bo‘lgan mahsulot olish imkonini beradi;
natriy sul`fatni vodorod peroksid bilan biriktirish orqali faol kislorod miqdori bo‘lgan natriy peroksisul`fat olish texnologiyasi «Qo‘ng‘irot soda zavodi» OAJning «2022-2030 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati»ga kiritilgan («O’zkimyosanoat» AJning 2021 yil 5 noyabrdagi 23-3-4025-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy xomashyo asosida keng assortimentli sifatli sintetik yuvuvchi vositalar olish uchun soda mahsulotlarini ishlab chiqarish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish