Tursunov Husanboy Burgutovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari kommunikativ kompetensiyalarini didaktik o‘yinlar vositasida shakllantirish (fransuz tilini o‘rgatish misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fransuz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1409.
Ilmiy rahbar: Gabdulxakov Farit Avxunovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.03.
Rasmiy opponentlar: Yusupova Shohida Jaloliddinova, pedagogika fanlari doktori, professor; Yakubov Jamoliddin Abduvalievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilari kommunikativ kompetensiyalarini fransuz tili darslarida didaktik o‘yinlar vositasida shakllantirish texnologiyasini ishlab chiqish va takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga fransuz tilini o‘rgatishda “kommunikativ kompetensiya”, “kompetensiyaviy yondashuv”, “kommunikativ layoqat”, “kommunikativ faoliyat”ga oid tipologiya til bilish indektorlari orqali aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf fransuz tili darslarida o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan “Zip Zap” (Tanishtiruv), “Le dejeuner d’alphabet” (Alifbo tushligi), “Qu’ est-ce que c’ est?” (Bu nima) kabi o‘yin texnologiyalariga ustuvorlik berish asosida rivojlantirilgan;
boshlang‘ich sinflarda kommunikativ kompetensiyalarini shakllantirish metodikasi va modeli chet tilni o‘qitish jarayonidagi integrallashgan xususiyatlar, o‘quvchining aqliy, motivatsion va emotsional rivojlanish darajasini baholash asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf chet til ta’limida o‘quvchilarning kommunikativ, perseptiv, refleksiv, ijtimoiy tayanch komponentlarini hamda psixolingvistik layoqatlarini «Charxpalak» , «Bumerang», “Sinkvey” usullari orqali rivojlantirishga qaratilgan metodika tavsiya etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari kommunikativ kompetensiyalarini didaktik o‘yinlar vositasida shakllantirish bo‘yicha tadqiqot natijalari:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga fransuz tilini o‘rgatishda “kommunikativ kompetensiya”, “kompetensiyaviy yondashuv”, “kommunikativ layoqat”, “kommunikativ faoliyat”ga oid quyidagi axborot-tahliliy, prognozli, polemik, refleksiv, kreativlik, kommunikativ ko‘nikmalari tipologiyalari aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalaridan A-5-37 raqamli “Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida dastlabki matematik bilimlarni shakllantirishga mo‘ljallangan mul`timediali intellektual o‘yinlar” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida didaktik topshiriqlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 oktyabrdagi 89-03-4296-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari fransuz tilida kommunikativ kompetensiyalarini A1 darajadagi ko‘nikma va malakalari tipologiyasi shakllangan;
boshlang‘ich sinf fransuz tili darslarida o‘quvchilari kommunikativ kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan samarali pedagogik shart-sharoitlar va muloqotni faollashtirish vositasi sifatida didaktik o‘yinlarning mahsuldorlik omillari ko‘nikmalarini shakllantirishga doir takliflaridan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun xalqaro baholash dasturi talablariga muvofiq kommunikativ va didaktik o‘yinlarga asoslanuvchi, rolli va proektli o‘yinlar to‘plami “Le français intéressant”“Qiziqarli fransuz tili” nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanmasiga doir taklif va tavsiyalardan Toshkent shahrida joylashgan “Al`yans Fransez” “ONG Alliance française de Tachkent” tashkilotining til markazi o‘quv jarayonini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2020 yil 21 dekabrdagi 01/11-01/10-1551-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning tili o‘rganayotgan mamlakat vakillari va til sohiblari bilan erkin muloqot jarayonida turli nutqiy etiketlardan foydalanish imkoniyatlari yaratilgan;
boshlang‘ich sinf chet til ta’limida o‘quvchilarningdidaktik o‘yinlar vositasida kommunikativ, perseptiv, refleksiv, ijtimoiy tayanch komponentlari hamda psixolingvistik layoqatlarini til birliklari asosida uzviy bog‘liqlikda o‘rgatish, erkin fikr yuritish, tafakkur qilish, kreativlik asosida shakllantirishga doir metodik tavsiyalardan Namangan viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2020 yil 21 dekabrdagi 01/11-01/10-1551-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumta’lim maktablari fransuz tilini chet til sifatida o‘qitayotgan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun zamon talablari mos darsliklar bo‘limi bazasi yana bir ilmiy-amaliy manbaa hisobiga boyitilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun fransuz tili darslarida fonetika, leksika, grammatikaga oid kommunikativ kompetensiyasini shakllantirishga yo‘naltirilgan xalqaro baholash dasturi talablariga muvofiq kommunikativ va didaktik o‘yinlarga asoslanuvchi “Le français intéressant” “Qiziqarli fransuz tili” o‘yinlar to‘plami doir amaliy tavsiyalardan umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf fransuz tili darsligi va o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanmalar yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021 yil 19 noyabrdagi 01/11-01/7-1609-son ma’lumotnomasi); Natijada, maktabgacha ta’lim va boshlang‘ich ta’limda didaktik o‘yinlar vositasida yangi avlod fransuz tili darsliklarini yaratish samaradorligini oshirishga erishilgan.