Ochilov Hasan Rashidovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «O‘zgalar mulkini kompyuter vositalaridan foydalanib talon-toroj qilganlik uchun javobgarlik», 12.00.08–Jinoyat huquqi. Huquqbuzarliklarning oldini olish. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi (yuridik fanlar).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Yu50.

Ilmiy rahbar: Taxirov Farhod, yuridik fanlar doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.27.06.2017.Yu.22.01.

Rasmiy opponentlar: Zufarov Rustam Axmedovich, yuridik fanlar doktori, professor; Otajanov Abrorjon Anvarovich, yuridik fanlar doktori.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zgalar mulkini kompyuter vositalaridan foydalanib talon-toroj qilganlik  uchun javobgarlikni takomillashtirish, oldini olish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

o‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq jinoyatchilik sabablari, sharoitlari, jinoyatchi shaxsi hamda ularni oldini olishga oid takliflar asoslantirilgan;

kompyuter texnikasi vositlaridan foydalanib firibgarlik sodir etish deganda, moliya, bank muassasalari, fondlar va shu kabilarda bo‘lgan mulkni aldov yo‘li bilan kompyuter texnikasi vositalari yordamida manipulyasiya qilish orqali amalga oshiriladigan talon-toroj tushunilishi to‘g‘risidagi taklif asoslangan;

kompyuter firibgarligi kompyuter tizimida ishlov berildigan, tegishli axborot tashuvchilarda saqalanadigan yoki ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari bo‘yicha beriladigan axborotni o‘zgartirish yo‘li bilan, kompyuter tizimiga yolg‘on axborot kiritish yo‘li bilan ham sodir etilishi mumkinligi to‘g‘risidagi taklif asoslangan;

agar shaxs kompyuter texnikasi yordamida qalbaki hujjat tayyorlab, so‘ngra undan mulkni qo‘lga kiritish uchun foydalangan bo‘lsa, qilmish kompyuter firibgarliligi sifatida baholanishi mumkin emasligi asoslangan;

firibgarlik jinoyati ancha miqdorda sodir etilganda, eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi maqsadga muvofiqligi haqidagi taklif asoslangan.

IV. Dissertatsiyani amaliyotga joriy etilgan ilmiy natijalari.

O‘zgalar mulkini kompyuter vositalaridan foydalanib talon-toroj qilganlik uchun javobgarlikga bag‘ishlangan natijalari asosida:

o‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq jinoyatchilik sabablari, sharoitlari, jinoyatchi shaxsi hamda ularni oldini olish masalalarini takomillashtirish bilan bog‘liq qonun osti hujjatlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasining 2017 yil 1 dekabrdagi 7-son ma’lumotnoma). Ushbu takliflarning qabul qilinganligi o‘zgalar mulkini talon-taroj qilish bilan bog‘liq jinoyatchilikni oldini olishga ko‘maklashadi;

kompyuter texnikasi vositlaridan foydalanib firibgarlik sodir etish deganda, moliya, bank muassasalari, fondlar va shu kabilarda bo‘lgan mulkni aldov yo‘li bilan kompyuter texnikasi vositalari yordamida manipulyasiya qilish orqali amalga oshiriladigan talon-toroj tushunilishi to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017 yil 11 oktyabrdagi 35 sonli yangi tahrirda qabul qilingan “Firibgarlikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2017 yil 04 dekabrdagi PL-78-17-son ma’lumotnoma). Ushbu takliflarning qabul qilinganligi kompyuter texnikasi vositlaridan foydalanib firibgarlik sodir etishni to‘g‘ri va bir xilda tushunishga ko‘maklashadi;

kompyuter firibgarligi kompyuter tizimida ishlov berildigan, tegishli axborot tashuvchilarda saqalanadigan yoki ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari bo‘yicha beriladigan axborotni o‘zgartirish yo‘li bilan, kompyuter tizimiga yolg‘on axborot kiritish yo‘li bilan ham sodir etilishi mumkinligi to‘g‘risidagi to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017 yil 11 oktyabrdagi 35 sonli yangi tahrirda qabul qilingan “Firibgarlikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2017 yil 04 dekabrdagi PL-78-17-son ma’lumotnoma). Ushbu takliflarning qabul qilinganligi kompyuter texnikasi vositlaridan foydalanib firibgarlik sodir etish usullarini aniqlashga xizmat qiladi;

agar shaxs kompyuter texnikasi yordamida qalbaki hujjat tayyorlab, so‘ngra undan mulkni qo‘lga kiritish uchun foydalangan bo‘lsa, qilmish kompyuter firibgarliligi sifatida baholanishi mumkin emasligi to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017 yil 11 oktyabrdagi 35-sonli yangi tahrirda qabul qilingan “Firibgarlikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 20 bandida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2017 yil 04 dekabrdagi PL-78-17-son xati). Ushbu takliflarning qabul qilinganligi qonunlarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, sodir etilgan qilmishlarni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilishga ko‘maklashadi;

firibgarlik jinoyati ancha miqdorda sodir etilganda, eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi maqsadga muvofiqligi haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksi 168 moddasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining (2017 yil 26 iyuldagi 04/780-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar mazkur jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga adolatli jazo tayinlanishiga xizmat qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish