Abdullaeva Dilafruz Suratillaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi: “Zamonaviy arab va o‘zbek hikoyalarida badiiy psixologizm (G‘ada as-Samman va Zulfiya Qurolboy qizi hikoyalari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fil297.
Ilmiy rahbar: Mannonov Abdurahim Mutalovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/30.2019.Fil/Tar.21.01.
Rasmiy opponentlar: Xallieva Gulnoz Iskandarovna, filologiya fanlari doktori, professor; Mutalova Gulnora Sattarovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kichik epik janrlarda ikki muallif ijodida badiiy psixologizm hamda psixologik tahlil, talqin, tasvir vositalarining ifodalanishi, Sharq jamiyati va bu muhitning ayol ruhiyatiga ta’sirini tasvirlash mahorati, sharqona milliy va diniy motivlarning o‘rni, uslubdagi poetik mushtarakliklar va o‘ziga xosliklar kabi masalalarni arab adibasi G‘ada as-Samman va o‘zbek adabasi Zulfiya Qurolboy qizi hikoyalari orqali ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy arab va o‘zbek hikoyanavisligida badiiy psixologizmning takomili va tadriji masalasi arab adibasi G‘ada as-Samman va o‘zbek adibasi Zulfiya Qurolboy qizi psixologik hikoyalari asosida ochib berilgan;
obraz xarakterini ifodalash, inson ruhiyati, uning ichki olami tasvirida G‘ada as-Samman hamda Zulfiya Qurolboy qizining hikoyalarida ichki nutq va uning turlari, psixologik portret, nutqiy xarakteristika, gallyusinatsiya, matndagi uslub, pauza vositasi, shaxs “men”ining ikkiga bo‘linishi kabi psixologik tahlil vositalarining uslubiy prinsiplari aniqlangan;
G‘ada as-Samman va Zulfiya Qurolboy qizi hikoyalarida badiiy psixologizm, muallif hamda Sharq ruhiyatining o‘zaro bog‘liqligi, qahramon xarakteri, ichki dunyo, botiniy hayot kategoriyalarini psixologik talqin qilishda yolg‘izlik, inson qadri, baxtsiz muhabbat kabi motivlararo o‘xshashliklar mavjudligi asoslangan;
ikki muallif hikoyalarida milliy-oilaviy qadriyatlar, ayol va zamon, ayol va jamiyat kabi muammolarining psixologik voqelanishi hamda uning tasvirlanishida mualliflarning ayollar obrazini yaratish, uning ruhiyatini ochib berishdagi mahorati dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy arab va o‘zbek hikoyalarida badiiy psixologizm tadqiqoti bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
zamonaviy arab adabiyoti rivojida G‘ada as-Sammanning o‘rni va uning psixologik hikoyalari bo‘yicha olingan ilmiy-nazariy natijalar F-1-139 sonli «Sharq xalqlari adabiyoti tarixi va janrlar tipologiyasi» mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 2022 yil 11 mart sanasidagi 01-04-01/477- sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi obraz xarakterini ochib berish, inson ruhiyati va ichki olami tasvirida G‘ada as-Samman hikoyalarida ichki monolog va uning turlari, psixologik portret, nutqiy xarakteristika, gallyusinatsiya, matndagi uslub, pauza vositasi, shaxs “men”ining bo‘linishi kabi psixologik tahlil vositalarining uslubiy prinsiplari aniqlashga xizmat qilgan;
zamonaviy arab adibasi G‘ada as-Samman va o‘zbek adibasi Zulfiya Qurolboy qizi hikoyanavisligida badiiy psixologizm masalasining qiyosiy tadqiqi bilan bog‘liq ilmiy nazariy tahlillar ilmiy xulosalar va taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyatining “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” nomli dasturlari ssenariysida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali telekanali” davlat unitar korxonasi 2022 yil 17 martdagi 04-36-614-son ma’lumotnomasi);
G‘ada as-Samman va o‘zbek adibasi Zulfiya Qurolboy qizi hikoyalarida badiiy psixologizm, psixologik tasvir vositalari, muallif va Sharq ruhiyatining o‘zaro bog‘liqligi, qahramon xarakteri, ichki dunyo, botiniy hayot kategoriyalarini psixologik talqin qilishda motivlararo mushtarakliklar bilan bog‘liq ilmiy nazariy tahlillar, ilmiy xulosalar va taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining ilmiy-adabiy tadbirlari ma’ruza matnlarida foydalanilgan (“O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi”ning 2022 yil 4 martdagi 01-03/386-son ma’lumotnomasi). Hozirgi arab va o‘zbek hikoyanavisligida badiiy psixologizmni talqin etishda ichki monolog va uning turlari, psixologik portret, nutqiy xarakteristika, gallyusinatsiya, matndagi uslub, pauza vositasi, shaxs “men”ining bo‘linishi kabi psixologik tahlil vositalarining uslubiy prinsiplari aniqlangan.