Musaev Sharof Mamarajabovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kompozit novli sug‘orish tarmog‘ida suv oqimi dinamikasining gidravlik hisoblash usullarini takomillashtirish”, 05.09.07-“Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2585
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Maxmudov Ilxomjon Ernazarovich, texnika fanlari doktori, professor 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.41/30.04.2021.T.131.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Jonqobilov Ulug‘murod Umbarovich – texnika fanlari doktori, professor. Sayidov Malik Temirovich – texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Poliefir smola asosida tayyorlangan kompozit materiallardan sug‘orish lotoklarining gidravlik hisoblash usullarini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Shezi va g‘adir-budirlik koeffisientlarining  o‘zaro bir tamonlama stoxastik bog‘liqligi hamda eng kichik kvadratlar usuli asosida LK-60, LK-80 va LK-100 turdagi sug‘orish lotoklari uchun Shezi koeffisientini aniqlashning empirik ifodasi ishlab chiqilgan. 
Sen-Venan tenglamalar tizimi, Koshi va Frud mezonlari asosida kompozit materialli sug‘orish lotoklaridagi beqaror suv harakatining gidravlik modeli ishlab chiqilgan. 
Ulchovlar nazariyasi, π-teoremasi va Koshi mezoni asosida kompozit materialli sug‘orish lotoklaridagi gidravlik qarshilik koeffisienti uchun yarim empirik ifoda ishlab chiqilgan. 
Tizim impul`si momentini o‘zgarishi to‘g‘risidagi teoremaga asosan kompozit materialli lotoklarda suv oqimining kinetik energiyasi orqali boshqariladigan gidravlik zatvor–regulyator elementlarining gidravlik hisoblash usullari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Poliefir smolasi asosida tayyorlangan kompozit materialli sug‘orish lotoklarining gidravlik hisoblash usullarini takomillashtirish asosida:
LK-60, LK-80 va LK-100 turidagi sug‘orish lotoklari uchun Shezi koeffisientini aniqlashning empirik hamda kompozit materialli sug‘orish lotoklaridagi beqaror suv harakatining gidravlik xisoblash usullari Sirdaryo-Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi faoliyatiga tadbiq etildi (Suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 12-apreldagi MV77714153 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada xo‘jalik ichki sug‘orish tarmoqlarida 8-10 foiz suv resurslarini iqtisod qilinishiga erishilgan;
kompozit materialli sug‘orish lotoklaridagi gidravlik qarshilik koeffisientini hamda suv oqimining kinetik energiyasi orqali boshqariladigan gidravlik zatvor–regulyator elementlarining gidravlik hisoblashning takomillashtirilgan usullari Quyi-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi faoliyatiga tadbiq etildi (Suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 12-apreldagi MV77714153 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada elektr energiya xarajatlari 1,5 foizga kamaytirilib, xo‘jalik ichki sug‘orish tarmoqlarida 5-7 foiz suv resurslarini iqtisod qilinishiga erishilgan;
dissertatsiya doirasida poliefir smolasi asosidagi kompozitlardan tayyorlangan LK-60, LK-80 va LK-100 turidagi sug‘orish lotoklarining texnik sharti ishlab chiqilib, suv xo‘jaligi sohasidagi loyiha muassasalari hamda qurilish invest korxonalari faoliyatiga tadbiq etildi (Suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 12-apreldagi MV77714153 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada loyiha muassasalari hamda “Suv qurilish invest” korhonalari uchun poliefir smolasi asosidagi kompozitlardan tayyorlangan LK-60, LK-80 va LK-100 turidagi sug‘orish lotoklarining gidravlik hisoblash ishlarini amalga oshirish uchun me’yoriy xo‘jjat ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish