Davletov Erkaboy Yusubovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tayanch hayotiy kompetensiyalarni shakllantirish tizimini takomillashtirish», 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped187.
Ilmiy rahbar: Safarova Roxat Gaybillaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Barno Sayfiddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Utebaev Tajibay Tileo‘muratovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tayanch hayotiy kompetensiyalarni shakllantirish tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida shakllantiriladigan tayanch hayotiy kompetensiyalarning tarkibiy qismlari ularning individualligi, konvergent va divergent tafakkur yuritish usullari hamda kognitivlik darajasini faoliyatli yondashuvga ustivorlik berish asosida tadrijiy rivojlantirish parametrlari aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tayanch hayotiy kompetensiyalarni shakllantirishning didaktik imkoniyatlari intellektual-baholovchi, mantiqiy fikrlashga undovchi mashq va topshiriqlarni bajarish jarayonini jadallashtiruvchi pedagogik mexanizmlarni qo‘llash, g‘oyalarni generatsiyalash ko‘nikmalarini faollashtirish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tayanch hayotiy kompetensiyalarni shakllantirish tizimi tadrijiylik va pedagogik qo‘llab-quvvatlashga asoslangan o‘quv materiallarini yirik bloklarga birlashtirishning pragmatik ko‘rsatkichini hisobga olish asosida aniqlangan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tayanch hayotiy kompetensiyalarni shakllantirish texnologiyasining protsessual komponenti maqsadga intilish, rejalashtirish, refleksiyalash, o‘quv-biluv faoliyatini mustaqil baholash bosqichlarida nazorat darslarini formativ baholashga yo‘naltirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tayanch hayotiy kompetensiyalarni shakllantirish tizimini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida shakllantiriladigan tayanch hayotiy kompetensiyalarning tarkibiy qismlari ularning individualligi, konvergent va divergent tafakkur yuritish usullari hamda kognitivlik darajasini tadrijiy rivojlantirish asosida aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Boshlang‘ich sinfda matematikani o‘qitish” nomli darslik ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500 sonli buyrug‘iga asosan berilgan 500-108 sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada, ushbu takliflar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining hayotiy kompetensiyalarni shallantirishga doir o‘quv faoliyati natijalarini samarali belgilab olishga xizmat qilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tayanch hayotiy kompetensiyalarni shakllantirishning didaktik imkoniyatlari intellektual-baholovchi, mantiqiy fikrlashga undovchi mashq va topshiriqlarni bajarish jarayonini faollashtiruvchi mexanizmlarni qo‘llash asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan PZ-2014-0903160552. “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida modulli o‘qitish jarayonini texnologik ta’minlash mexanizmlari” (2015-2017 y.y.) mavzusidagi amaliy loyihani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot inistitutining 2022 yil 22 fevraldagi 01/15-09/45-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida axborotlar bilan ishlash, mantiqiy fikrlash, kreativ faollik, xayotiy vaziyatlarga moslashuvchanlik ko‘nikmalarini rivojlantirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tayanch hayotiy kompetensiyalarni shakllantirish tizimi tadrijiylik va pedagogik qo‘llab-quvvatlashga asoslangan o‘quv materiallarini yirik bloklarga birlashtirishning pragmatik ko‘rsatkichini hisobga olish asosida va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tayanch hayotiy kompetensiyalarni shakllantirish texnologiyasining protsessual komponenti maqsadga intilish, rejalashtirish, refleksiyalash, o‘quv-biluv faoliyatini mustaqil baholash bosqichlarida nazorat darslarini tizimli tashkil etish asosida ta’minlashga doir taklif va tavsiyalardan PZ-2014-0910185149. “Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari” amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot inistitutining 2022 yil 22 fevraldagi 01/15-09/45-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu takliflar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tayanch hayotiy kompetensiyalarni shakllantirish texnologiyasini qo‘llash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.