Matnazarov Javlanbek Kabulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
“Matnazar Abdulhakim she’riyati lingvopoetikasi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fil 1085.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Primov Azamat Iskandarovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02.
Rasmiy opponentlar: Qudaybergenov Mambetkerim Sarsenbaevich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Yuldashev Doniyor Toxirovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Matnazar Abdulhakim she’riyati tilini lingvopoetik jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Matnazar Abdulhakim she’rlariga lingvopoetik yondashuv tamoyillarining mohiyati metafora, kontrast, oksyumoron, pleonazm asosida ochib berilib, o‘zbek tili ichki imkoniyatlarining kengligi affiksial va kompozision okkazionalizmlar lingvopoetikasi orqali dalillangan;
shoir ijodidagi paremiologik birliklar – maqol va aforizmlardan ijodiy tarzda foydalanish, ayrim o‘rinlarda ularga yangi ma’no yuklay olish lingvopoetik omil ekanligi dalillangan;
dialektal birliklar, shevaviy lakunalar, shevadagi she’rlar fonopoetikasi badiiy tasvir yaratish uchun asos ekanligi dalillangan;
shoir ijodidagi onomastik birliklarning badiiy matnda konnotativ ma’no kasb etishi, intertekstuallik hosil qilishda va obraz yaratishda, matn butunligini shakllantirishda muhim ahamiyatga egaligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalapining jopiy qilinishi. Matnazar Abdulhakim she’riyatining lingvopoetik xususiyatlari, mavzu tadqiqi yuzasidan olingan natijalar asosida:
Matnazar Abdulhakim she’rlari tilida qo‘llangan metafora, kontrast, oksyumoron, pleonazmlarning tahlili natijasida chiqarilgan xulosalardan F1-FA-0-43429, FA-F1, GOO2 raqamli “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” (2012-2016) mavzusidagi fundamental ilmiy loyihalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 2 noyabrdagi 323-324/1-son ma’lumotnomasi). Natijada Matnazar Abdulhakim she’rlarida qo‘llanilgan lisoniy birliklarning poetik aktuallashuvi muammolari tadqiqi muayyan xulosalar chiqarish imkonini bergan;
Qoraqalpoq millati bilan adabiy mushtaraklik asosida yaratilgan she’rlar tili vositasida chiqarilgan xulosalardan FA-F1-OO5 raqamli “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” (2017-2020) mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 2 noyabrdagi 323-324/1-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek va qoraqalpoq tili, madaniyati aloqalari shoir ijodi misolida dalillashga imkon bergan;
shoir ijodidagi paremiologik birliklar – maqol va aforizmlardan ijodiy tarzda foydalanish, ayrim o‘rinlarda ularga yangi ma’no yuklay olish lingvopoetik omil ekanligi, dialektal birliklar, shevaviy lakunalar, shevadagi she’rlar fonopoetikasi badiiy tasvir yaratish uchun asos ekanligi yuzasidan aniqlangan ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil qilingan turli festivallarda, turli madaniy tadbirlarni tashkil qilishda, qadim va navqiron yurtimizning boy va turfa xil adabiyoti bilan tanishtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021 yil 23 avgustdagi 01-12-01-3831-son ma’lumotnomasi). Natijada tadbirlar mazmuni nazariy ma’lumotlar bilan boyitilgan;
onomastik birliklarning badiiy matnda konnotativ ma’no kasb etishi, intertekstuallik hosil qilishdagi ahamiyati, badiiy yuk olishi, obraz yaratishdagi ilmiy ahamiyatiga doir materiallardan Xorazm viloyati teleradiokompaniyasi tomonidan 2019 yil 21 oktyabrda “Munavvar kun” dasturida, 2020 yil 21 oktyabrda “Assalom, Xorazm” dasturining “Suhbatdosh” ruknida foydalanilgan (Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining 2021 yil 11 oktyabrdagi 2021-11-10/1365, 1366-son ma’lumotnomasi). Natijada adabiy-badiiy, ma’naviy-ma’rifiy dasturlarda Matnazar Abdulhakim she’riyati tilining badiiy imkoniyati kengroq ochib berilgan.