Tuxtaev Ilxom Turakulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ishemik insul`tlarda nevrologik o‘zgarishlarni kompleks davolashda ignarefleksoterapiyaning samaradorligini baholash», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tib2270.
Ilmiy rahbar: Xodjieva Dilbar Tadjievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04.30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Raximbaeva Gul`nora Sattarovna tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdullaeva Nargiza Nurmamatovna, tibbiyot fanlari doktori professor.
Yetakchi tashkilot: Asfendiyarov nomidagi qozoq milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ishemik insul`t bilan kasallangan bemorlarda kasallikning kelib chiqish patogenezidan qat’iy nazar ignarefleks terapiyaning samaradorligini baxolashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishemik insul`t o‘tkazgan bemorlarda kasallikning kelib chiqish patogenezidan qat’iy nazar ignarefleksoterapiyaning samaradorligi shu kasallik kuzatilgan ignarefleksoterapiya qabul qilmagan bemorlarni qiyosiy solishtirma baholash natijalari bilan asoslangan;
ilk bor kasallikni tuzalish omillarini aynan bir kasallikning turli davrlarida xar xil ko‘rinishda namoyon bo‘lish oqibatlari ochib berildi va ularni bemorlarning kliniko-nevrologik va paraklinik natijalari bilan o‘zaro bog‘liqligi isbotlangan;
ishemik tipdagi serebrovaskulyar kasalliklari bo‘lgan bemorlarda davolashdan oldi va keyingi ul`tra tovushli doplerografiya tekshiruvi natijalar taxlil kilinib ignarefleksoterapiyaning umumiy davoga ko‘shimcha qo‘llanilganida miya qon oqimi darajasiga ijobiy ta’sirlari isbotlangan;
kognitiv buzilishlari mavjud ishemik buzilishlari bor bemorlarning standart davo choralariga IRTning qo‘llanilishi, kliniko-nevrologik davo samaradorligini oshirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Insul`tlardan so‘ng ignarefleks terapiyasini klinik-nevrologik xususiyatlarga ta`sirini o‘rganish hamda mushaklar xarakt, sezgi, nutq buzilishlarini tiklash va davolashda olingan ilmiy natijalar asosida:
ishemik insul`t bilan og‘rigan bemorlarda nevrologik defisitlarni davolash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan “Ishemik insul`t bilan og‘rigan bemorlarda ignarefleksoterpiya samaradorligini baholash” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 23.10.2021 yildagi 8n-r/969-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijasi tashxisotni takomillashtirish, davolash muddatini qisqartirish va yuz nervi nevropatiyasi asoratlarining oldini olishga imkon bergan;
ishemik insul`t bilan og‘rigan bemorlarda klinik va instrumental tekshiruvlar bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan “Ishemik insul`t bilan kasallangan bemorlarda ignarefleksoterapiya tashhis usulini mukammallashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 23.10.2021 yildagi 8n-r/970-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijasi ishemik insul`t bilan og‘rigan bemorlar qisqa muddatda sog‘liqni saqlashning birlamchi tizimida tashxislash hamda davo samaradorligini oshirish imkonini bergan;
o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari Jondor tuman , Peshku tuman, Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi va Buxoro shahridagi “Azizmed-Shifo” MChJ amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yilda 21-dekabrdagi 8n-z/555-sonli ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi. Ishemik insul`t kasalligi asoratlarini tashxislash, davolash va profilaktika usullarini takomillashtirib, davolash davomiyligini qisqartirish, asoratlar sonini kamayishiga olib kelgan.