Abdullaev Shokir Ro‘zievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Surunkali buyrak kasalliklari mavjud bemorlarda surunkali qaytalanuvchi aftoz stomatitning kechishi va davolashning o‘ziga xosligi”, 14.00.21 – Stomatologiya. (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1221.
Ilmiy rahbar: G‘afforov Sunnatullo Amrulloevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot unversiteti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Kamilov Haydar Pozilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abduvakilov Jahongir Ubaydulloevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: I.K. Akunbaev nomidagi Qirg‘iziston tibbiyot akademiyasi (Qirg‘iziston).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali buyrak kasalligi fonida kechuvchi surunkali qaytalanuvchi aftoz stomatitni klinik kechishini va davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor surunkali buyrak kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati qaytalanuvchi aftoz stomatiti klinikasi - o‘ziga xos chuqur yara hosil bo‘lishi, tez qonashi, o‘ta og‘riqli va yaraning bitish jarayoni odatdagidan ikki barobar muddatgacha uzoq davom etishi asoslangan.
ilk bor surunkali buyrak kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda surunkali qaytalanuvchi aftoz stomatit jarohatida umumiy tana harorati-subfibril, surunkali loxaslik; og‘iz bo‘shlig‘i IgA, IgM, IgG, sIgA nostabilligi, qon tarkibi limfotsitlari soni hamda so‘lakda patogen mikroblar ortishi bilan bog‘liqligi isbotlangan;
ilk bor SBK bilan og‘rigan bemorlar og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati qaytalanuvchi aftoz stomatiti jarohati yarasi chuqurlashib borishi, og‘riq regional limfa tugunlariga tarqashi, qon va so‘lak tarkibida patogen mikroblar ko‘payishiga bemor tanasining javob reaksiyasi ekanligi asoslangan;
ilk bor SBK bilan og‘rigan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati aftozli jarohatini davolash «Zanjabil», «Mirra o‘ti» damlamalari va «Aloe vera» moyi va «laktobakterin» qo‘llanilib yuqori samaraga erishilishi asoslangan.
IV. Taqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Surunkali buyrak kasalliklarida qaytalanuvchi aftoz stomatit elementlari bilan jarohatlangan bemorlarda tashxislash va davolashda olingan ilmiy natijalar asosida:
surunkali buyrak kasalliklari negizida kechayotgan surunkali qaytalanuvchi aftoz stomatit bilan kasallangan bemorlar orasida tashxislashdagi yondashuv xususiyatlariga qaratilgan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Surunkali buyrak kasalligi negizida, surunkali qaytalanuvchi aftoz stomatitni tashxislash usuli» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 14 iyundagi 8/520-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma surunkali buyrak xastaliklarida og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatidagi aftozli jarohat elementlarini tashhislash va davolashni samarali amalga oshirish imkonini bergan;
surunkali buyrak kasalliklari negizida kechayotgan surunkali qaytalanuvchi aftoz stomatit bilan kasallangan bemorlarni tashxislash va davolashning mukammallashtirilgan samarali xususiyatlari bo‘yicha tadiiiotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Surunkali buyrak kasalligi negizida surunkali qaytalanuvchi aftoz stomatitni kompleks davolash usulini uyg‘unlashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 14 iyundagi 8/519-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma surunkali buyrak kasalligi negizida SQASning kechishida tashxislash va davolashni samarali amalga oshirish imkonini bergan;
surunkali buyrak kasallikllari negizida kechayotgan surunkali qaytalanuvchi aftoz stomatit bilan kasallangan bemorlarga o‘z vaqtida tashxis qo‘yish, davolashdagi ishlab chiqilgan samarali usullarni amaliyotga tadbiq etish borasida olib borilgan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent shahri va viloyati stomatologiya klinikalarida, Namangan va Xorazm viloyati bolalar va kattalar stomatologik poliklinikalarda tadbiq etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 26 iyulidagi 8/243 son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar surunkali buyrak kasalligi negizida kechayotgan og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining aftozli jarohatlarini o‘z vaqtida tashxislash sifatini yaxshilashga, davolash davrini qisqartirishga, remissiya davrini uzaytirishga va asoratlar sonini kamaytirishga imkon bergan.