Indiaminova Gavxar Nuriddin kizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashti-rilgan maxsus maktab tarbiyalanuvchilariga stomatologik yordam ko‘rsatishni optimallashtirish», 14.00.21–Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Tib.1436.
Ilmiy rahbar: Zoyirov To‘lqin El`nazarovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020 Tib102.02.
Rasmiy opponentlar: Kamilov Xaydar Pazilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Abduvakilov Jaxongir Ubaydullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Boshqirdiston davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ixtisoslashgan maxsus maktablarda tarbiyalanuvchi aqli zaif bolalarning doimiy tishlar karies kasalligini erta tashxislash, davolash va oldini olish usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ixtisoslashgan maxsus maktablarda tarbiyalanuvchi aqli zaif bolalarda yashash muhiti, ovqatlanish rejimi, Daun sindromi mavjudligi bilan doimiy tishlar kariesi tarqalishi, intensivligi orasidagi bog‘liqlik tish emali rezistentligi kursatkichining nisbatan yukoriligi sababli uzaro boglikligi aniqlangan;
aqli zaif bolalarda kariesogen hisoblangan Streptococcus turining yuqori bo‘lishi organizmning immun xolatini pasaytirishi, qon tomir devoridagi yallig‘lanish jarayonlarini keltirib chiqarishi natijasida rivojlanishi patogenetik asoslangan;
ilk bor doimiy tishlar kariesi tarqalishi ko‘rsatkichlari va tish karashi mikroflorasi tahlillari asosida aqli zaif bolalarda individual yondashuv orqali og‘iz bo‘shlig‘i gigienasi xolatini baholash chora tadbirlar samaradorligi asoslangan; 
ilk bor aqli zaif bolalarda doimiy tishlar fissuralarini germetiklashda ART-metodikasi asosida ozonni qo‘llash natijasida tukima mikrotserkulyasiyasini tiklash va bakteriotsid ta’siri  natijasida kombinirlangan terapiya samaradorligi isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus maktab tarbiyalanuvchilariga stomatologik yordam ko‘rsatishni optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
aqliy rivojlanishda nuqsoni mavjud bolalarda stomatologik kasalliklarning tarqalishi, ushbu toifa bolalarda diagnostikaning va davolashning murakkabligi sababli maxsus ozonoterapiyani qo‘llash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Aqli rivojlanish nuqsoni mavjud bolalarda karies va parodont kasalliklari profilaktikasi jarayonida qo‘llaniladigan maxsus zamonaviy usullar» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘likni saqlash vazirligining 2021 yil 11 martdagi 8n-r/197-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma aqli zaif bolalarda tish kasalliklarini davolashda ozonoterapiya usulini qo‘llash orqali kasallikning davolash samaradorligini oshirish va surunkali turlariga o‘tish imkoniyatini kamaytirish imkonini bergan;
aqli rivojlanishda nuqsoni mavjud bolalarda stomatologik kasalliklar ko‘rsatkichini va ularga stomatologik yordam ko‘rsatishda duch kelinadigan bir kancha qiyinchiliklarni hisobga olgan holda maxsus profilaktik dastur samaradorligini baxolash va joriy etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Aqli rivojlanish nuqsoni mavjud bolalarda maxsus dastur asosida stomatologik yordam ko‘rsatish mezoni» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘likni saqlash vazirligining 2021 yil 11 martdagi 8n-r/196-son ma’lumotnomasi). Mazkur  uslubiy tavsiyanoma tish kasalliklarini profilaktikasini dastur asosida optimallashtirish yo‘li orqali tish kasalliklar rivojlanishini kamaytirish imkonini bergan;
aqli rivojlanish nuqsoni mavjud bolalarda karies va parodont kasalliklarining erta tashxislash va davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Navoyi shaxar tibbiyot birlashmasi xamda Samarqand viloyati ixtisoslashtirilgan bolalar stomotologik poliklinikasining klinik amaliyotiga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 22 oktyabr 8n-z/366- sonli malumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi, erta tashxislashni, kasallik kechishini bashorat qilish, o‘z vaqtida kelib chiqadigan asoratlarni profilaktikasini optimallashtirishga hamda bemorlar hayot sifatini yaxshilab, davolash chora-tadbirlarining samaradorligini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish