Ganieva Nilufar Alisherovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Gaz ta’minlash tizimlari ishlashining algoritmik modellarini funksional-strukturali tahlil qilish, identifikatsiyalash va baholash», 05.01.02 – «Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash». 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2018.2. PhD/T678.
Ilmiy rahbar: Xujayorov Baxtiyor Xujayorovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.13/30.12.2021. T.142.01.
Rasmiy opponentlar: Sulyukova Larisa Faritovna, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Tuxtanazarov Dilmurod Solijonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi gaz ta’minlash tizimlari faoliyatini tahlil qilish, texnik-texnologik ko‘rsatkichlarni baholash va ularga asosan samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish model va algoritmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarmoqning xarakterli xususiyatlari va axborot aloqalarini tahlil qilish asosida gaz ta’minlash tizimlarining ishlash ko‘rsatkichlarini baholashning axborot-mantiqiy modeli ishlab chiqilgan;
statistik ma’lumotlarga asosida ko‘p bosqichli ehtimolli baholash usuli yordamida gaz ta’minlash tizimlarining ishlash ko‘rsatkichlarini strukturali identifikatsiyalash, hisobga olish va baholash uchun matematik model ishlab chiqilgan;
gaz ta’minlash tarmoqlari uchun quvurlarni parametrli identifikatsiyalash va kvazioptimal diametrlarini aniqlash uchun  hisoblash algoritmlari ishlab chiqilgan.
holat va boshqarishni approksimatsiyalash uchun Lagranj ko‘phadli interpolyasiyasi qo‘llanilganda gaz ta’minlash tarmoqlarida o‘tish oqimlarini optimal boshqarish algoritmi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Gaz taqsimlash tarmog‘i ishlashini tadqiq qilish maqsadida ishlab chiqilgan matematik modellar, sonli algoritmlarni va dasturiy vositalarni formallashtirish asosida:
ko‘p tarmoqli gaz quvurlarida gidravlik qarshilik koeffisientini hisoblashni avtomatlashtirish uchun ishlab chiqilgan model, algoritm va dastur «Samarqandshahargaz»ga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligining 2021 yil 26 martdagi 33-8/2148-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqotlarning qo‘llanilishi gaz ta’minlash tizimi uchun quvurlarning kvazi optimal diametrlarini tanlashda tezkor hisob  yuritish va baholash imkonini bergan; 
past bosimli gaz tarmog‘idagi bosim o‘zgarishlarini hisoblash va gaz zichligi koeffisientini baholashni avtomatlashtirish uchun ishlab chiqilgan hisoblash algoritmi va dasturi «Samarqandshahargaz»ga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligining 2021 yil 26 martdagi 33-8/2148-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari ekspluatatsiya bo‘limining aprior ma’lumotlari bilan asoslangan past bosimli gaz ta’minlash tizimi ishlashi ko‘rsatkichlarini tezkor hisobga olish va baholash imkonini bergan; 
noshtatli vaziyatlar ro‘y berganda gaz ta’minlash tarmog‘ining ishlashida gidravlik ko‘rsatkichlarni hisoblash va baholashni avtomatlashtirish uchun ishlab chiqilgan dastur «Samarqandtumangaz»ga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligining 2021 yil 26 martdagi 33-8/2148-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqotlar gaz oqimi rejimini o‘rnatishga va gaz ta’minlash tarmog‘i gidravlik ko‘rsatkichlarini baholash imkonini bergan; 
 gaz ta’minlash tizimining ishlash ko‘rsatkichlarini identifikatsiyalash va baholashning ishlab chiqilgan uslubi «Hududgaztaminot Samarkand» gaz ta’minlash tizimi uchastkalarida gaz bosimining pasayishini aniqlash uchun hisoblashlarga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi «Hududgaztaminot Samarkand» aksionerlik jamiyatining 2021 yil 8 fevraldagi 02-26-33/1150-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar tarmoqning har bir uchastkasida bosim pasayishini oydinlashtirish, tarmoq ishlashining amaldagi ishonchliligini 12%ga yaxshilash hamda loyihaviy ishda vaqtni qisqartirish va gidravlik hisoblashlar natijalarini baholash sifati darajasini yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish