Sayt test rejimida ishlamoqda

Atakulova Nargiza Abdiganievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Rux elektroliti tarkibidagi selen va tellur ionlarini aniqlash va ajratish uslubini takomillashtirish», 02.00.02 - Analitik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/K455.
Ilmiy rahbar: Ziyaev Dilshod Abdullaevich, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Sultonov Marat Mirzaevich, kimyo fanlari doktori, dotsent; Usmonova Xilola Ummatalievna, kimyo fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: rux elektroliti tarkibidagi selen va tellur ionlarini aniqlashning inversion-vol`tamperometrik uslublarini ishlab chiqish hamda ajratish usulini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor rux elektroliti tarkibidagi selen va tellur ionlarini Fe(OH)3 ammiakli muhitda tanlab cho‘ktirishga erishilgan;
ilk bor selen va tellur ionlarini simob, mis va kadmiy ko‘mir pastali elektrodda aniqlash sezgirligi va tanlab ta’sir etuvchanligi oshirilgan;
ilk bor simob misli, simob kadmiyli ko‘mir pastali elektrodlar bilan tanlangan optimal sharoitlarda, inversion - vol`tamperometrik usulda selen va tellur ionlarining yarim to‘lqin potensiali selen 0,25V, tellurniki esa -0,29V ga tengligi aniqlangan;
selen(IV) va tellur(II) ionlarini aniqlashga halaqit beruvchi kationlarining ta’siri kamaytirilgan xamda ishlab chiqilgan usulning nisbiy standart chetlanishi 0,013 dan oshmasligi isbotlangan;
ishlab chiqilgan inversion-vol`tamperometrik usul bilan selen va tellur ionlarini aniqlash usullarining quyi aniqlash chegaralari topilgan va xatolik 5 % dan oshmasligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Ishlab chiqilgan usul selen va tellur ionlarini ajratish va konsentrlash hamda aniqlashning inversion vol`tamperometrik usullari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
takomillashtirilgan selen va tellur ionlarini tanlab cho‘ktirish usuli Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJ amaliyotiga joriy etilgan (Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJning 2022 yil 4 martdagi 0089-son ma’lumotnomasi). Natijada, selen va tellurni tanlab eritish orqali, sof rux metali ajratib olish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan selen va tellur ionlarini inversion-vol`tamperometrik aniqlash usuli Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJ amaliyotiga joriy etilgan (Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJning 2022 yil 18 fevraldagi 243-son ma’lumotnomasi). Natijada, selen va tellur ionlarini yuqori sezgirlikda aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish