Mansurova Maxina Yashnarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Elektron biznes integrallashgan kompyuter tizimining modellari va dasturiy majmualari», 05.01.04 – Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/T2373
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Yakubov Maqsadxon Sultaniyazovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: 
Kerimov Kamil Fikratovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Nurjanov Furqatbek Reyimberganovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: elektron biznes integrallashgan kompyuter tizimining modeli va dasturiy majmualarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
korxonalar biznes-jarayonlarining tashkiliy-funksional tuzilmasining joriy holatini tahlil qilish asosida integrallashgan elektron biznes tizimini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari va tendensiyalari aniqlangan;
tijorat faoliyati uchun ustuvor omillarni tasniflash va tanlash asosida biznes jarayonlarini boshqarishning kompyuter tizimini modellashtirish algoritmi ishlab chiqilgan;
Mamdani noravshan mantiq apparati yordamida qoidalar bazasini yaratish orqali korxona biznes-jarayonlarini itellektual avtomatlashtirilgan boshqarish modeli ishlab chiqilgan;
elektron to‘lovlar texnologiyasini takomillashtirishga yo‘naltirilgan elektron biznesning kompyuter tizimi uchun dasturiy majmuasi ishlab chiqilgan;
elektron biznesning integrallashgan kompyuter tizimlarini boshqarish tizimining tashkiliy-funksional infratuzilmasi ekspert baholash asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: elektron biznes integrallashgan kompyuter tizimining modellari va dasturiy majmuasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalarga asoslanib:
nazorat sxemalaridan foydalanish (grafik tasvir) asosida, mutaxassislarning raqamli ma’lumotlari asosida jarayonlarning doimiy monitoringi asosida, biznes-jarayonlarning holatini monitoringini amalga oshirishni ta’minladi. Olingan natijalar “Effect Consulting” MChJda joriy etilib, kutilayotgan yillik iqtisodiy samara 148 mln.so‘mni tashkil etgan (33-8/8045-son ma’lumotnoma);
ishlab chiqilgan qoidalar bazasi, Mamdani noravshan mantiq apparati yordamida biznes jarayonlarini optimallashtirish va oqilona boshqarish uchun ishlab chiqilgan modellar elektron biznesning elektron to‘lov texnologiyalarini takomillashtirish imkonini berdi. Olingan natijalar “AKFA EXTRUCTIONS” MChJda joriy etilgan va kutilayotgan yillik iqtisodiy samara 167 mln.so‘mni tashkil etgan (33-8/8045-son ma’lumotnoma);
ishlab chiqilgan interaktiv xizmatlarni taqdim etish tashkiliy-funksional mexanizm strukturasi va dasturiy majmualarning, elektron biznesning integrallashgan kompyuter tizimlari mijozlar va etkazib beruvchilar o‘rtasida real vaqt rejimda tezkor axborot almashinuvini ta’minladi. Olingan natijalar “Alto Aluminium” MChJda joriy etildi va kutilayotgan yillik iqtisodiy samara 306 mln.so‘mni tashkil etgan (33-8/8045-son ma’lumotnoma);
ishlab chiqilgan elektron biznes kompyuter tizimining dasturiy majmualari va modellar, biznes-jarayonlarni intellektual boshqarish modeli “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini nazorat qilish Respublika markazi” DUK joriy etildi, olingan natijalar adekvat deb baholandi va statistik nazoratning belgilangan chegaralari doirasida ekanligi baholangan (33-8/8045-son ma’lumotnoma).

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish