Shamsiev Rasul Zairovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
«Tabiiy-hududiy ob’ektlarning kosmik suratlarga kompleks-funksional ishlov berishning axborot-analitik tizimi», 05.01.02 – Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ruyxatga olingan raqam: №B2017.1.PhD/T41.
Ilmiy rahbar: Usmanov Rishat Niyazbekovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, DSc 13/30.12.2021.T.142.01.
Rasmiy opponentlar: Kabil`djanov Aleksandr Sabitovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent, Sulyukova Larisa Faritovna, texnika fanlari doktori, k.i.x.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Axborot-analitik tizimda kompleks funksional yondashuv va kollektiv qarorlarni qabul qilish algoritmlari hamda dasturiy majmuasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
spektral yorqinlikni tahlil qilish va strukturaviy tahlil usullariga asoslangan Erni masofadan zondlash ma’lumotlarni qayta ishlashning texnologik yondashuvlari ishlab chiqilgan;
avtomatlashtirilgan boshqaruv qarorlarini qabul qilish yangi quyi tizimi asosida Erni masofaviy zondlash ma’lumotlarini qayta ishlashda axborot-analitik tizimining arxitekturasi ishlab chiqilgan;
axborot-analitik tizimda Erni masofaviy zondlash ma’lumotlarini qayta ishlash usulini tanlash asosida kollektiv qaror qabul qilish algoritmi ishlab chiqilgan;
geologik kartografik ma’lumotlar bilan taqqoslanadigan natijalarni olishda masofaviy zondlash ma’lumotlarini qayta ishlash usullarini tanlash asosida qarorlar qabul qilish uchun axborot ta’minoti bilan murakkab-funksional kosmik suratni shakllantirishning umumlashtirilgan algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Dissertatsiyada taklif etilgan masofaviy zondlash ma’lumotlarini qayta ishlash metodologiyasi va kollektiv qarorlar qabul qilish algoritmi asosida yaratilgan kosmik suratlarni kompleks-funksional qayta ishlashning axborot-analitik tizimi va qarorlarni qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash dasturiy majmuasi asosida:
geologik kartografik ma’lumotlar bilan taqqoslanadigan natijalarni olishda masofaviy zondlash ma’lumotlarini qayta ishlash usullarini tanlash asosida qarorlar qabul qilish uchun axborot ta’minoti bilan murakkab-funksional kosmik suratni shakllantirishning umumlashtirilgan algoritmi «EMZ va GIS texnologiyalari markazi» davlat korxonasiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2022 yil 5 maydagi 04-2403-son ma’lumonomasi). Natijada Erni masofadan zondlash ma’lumotlarini qayta ishlash tezligini oshirish orqali geologik ob’ektlarda istiqbolli maydonlarni ajratishning ishonchliligiga va yuqori samaradorlikka erishishga xizmat qilgan;
axborot-analitik tizimda Erni masofaviy zondlash ma’lumotlarini qayta ishlash usulini tanlash asosida kollektiv qaror qabul qilish algoritmi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish Davlat xizmatiga joriy qilindi (O‘zbekiston Respublikasi davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2022 yil 5 maydagi 04-2403-son ma’lumonomasi). Erni masofadan zondlash (EMZ) ma’lumotlarini qayta ishlash tezligini oshirish orqali iqtisodiy samara olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish