Abdumalikov Akmaljon Abduxoliq o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Infokommunikatsiya ob’ektlarining energiya ta’minotini masofadan monitoring algoritmlari va apparat-dasturiy majmualari», 05.01.04 – Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T1967
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Siddikov Ilxomjon Xakimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: 
Zaynidinov Xakimjon Nasiridinovich, texnika fanlari doktori, professor; Raximov Baxtiyor Saidovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: infokommunikatsiya ob’ektlari energiya ta`minoti manbalarini masofadan monitoring qilish jarayoni modellari, algoritmlari va apparat-dasturiy majmualarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
infokommunikatsiya ob’ektlarining energiya ta’minoti manbalarini monitoring apparati va uning funksional tuzilmalari ishlab chiqilgan;
infokommunikatsiya ob’ektlarining energiya ta’minoti manbalarini monitoring apparatida kechayotgan signal o‘zgartirish jarayonlarini graf va analitik modeli ishlab chiqilgan;
energiya ta’minoti manbalarini masofadan monitoring algoritmlari va apparat-dasturiy majmuasini funksional modullari ishlab chiqilgan;
energiya ta’minoti manbalarini masofadan monitoringining apparat va dasturiy majmuasi funksional modullarini o‘zaro integratsiyalashuvchi tuzilmasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: energiya ta`minoti manbalarini masofadan monitoringi uchun ishlab chiqilgan apparat-dasturiy majmuani amaliyotda tajriba sinovdan o‘tkazishdan olingan natijalar asosida:
infokommunikatsiya ob’ektlarining energiya ta’minoti monitoringi qurilmalari jarayonlarining birlamchi kattaliklarini ikkilamchi signalga o‘zgartirish apparatini fizik va analitik modeli hamda tadqiq algoritmlarni bo‘yicha olingan natijalar asosida birlamchi elektr kattaliklarni chiqish signallariga o‘zgartirish qurilmasida kuchlanish ko‘rinishidagi ikkilamchi signallarini hosil qilish modeli va tadqiqot algoritmi «O‘zbektelekom» AK Jizzax filialida amaliy faoliyatida joriy etilgan va sinovdan o‘tkazilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 16 may 33-8/2873-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasini amaliyotga sinovda qo‘llashdan energiya tejashdagi iqtisodiy samara yiliga 3% ni tashkil etishi ta’minlangan;
energiya ta’minoti manbalarini masofadan monitoringi uchun ishlab chiqilgan apparat-dasturiy majmua «NEW ENERGY SERVICES» MChJda tajriba sinovidan o‘tkazilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 16 may 33-8/2873-son ma’lumotnomasi). Energiya ta’minoti manbalarini IoT va simsiz sensor tarmoqli masofadan monitoring qilish apparat-dasturiy majmuasini amaliyotga qo‘llash natijasida elektr energiya va yoqilg‘i resurslarini tejashga erishildi;
energiya ta’minoti monitoringida chiqish signalini hosil qilish apparati, signal o‘zgartirish jarayonlarining modeli hamda elektr energiya istemolchilarining yuklamasi tokiga bog‘liq holda nazorat miqdorlarini aniqlash va tadqiqot algoritmi «UMS» MCHJ Jizzax viloyati Jizzax shaxar hizmat ko‘rsatish markazi amaliy faoliyatida joriy etish sinovdan o‘tkazilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 16 may 33-8/2873-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida elektr energiya manbalarini nazoratini aniqlik darajasi 0,5 (ya`ni ± 0,5 %) foiz bo‘lishi ta`minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish