Bobamatov Abdug‘ani Xusainovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Paxtani mayda iflosliklardan tozalashning samarali konstruksiyasini yaratish va hisoblash usullarining ilmiy asoslarini takomillashtirish», 05.02.03–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/T295.
Ilmiy rahbar: Axmedxodjaev Xamid Tursunovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.27.06.2017.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Shin Illorion Georgievich, texnika fanlari doktori, professor; Ergashev Jamoldin Samatovich, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxtani mayda iflosliklardan tozalash mashinasining yangi yuqori samarali konstruksiyasini yaratish va parametrlarini hisoblash usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chigitli paxtani mayda iflosliklardan tozalash agregatining qayishqoq elementli, yangi to‘rli yuza konstruksiyasi yaratilgan;
chigitli paxtani plastinaga ta’sir kuchi va bog‘lanishlari sinov asosida ishlab chiqilgan;
chigitli paxtani har xil rejimda qayishqoq plastinaga ta’siri natijasida uning tebranishlarini ifodalovchi echimlari plastinka tebranishlarining nazariy usuli asosida aniqlangan;
chigitli paxtani plastinaga tasodifiy ta’sirini uni tebranishlariga bog‘liqligi, ishchi organ parametrlari tajriba sinovi asosida aniqlangan;
tajribaviy natijalar yordamida ishlab chiqarish unumdorligini qayishqoq plastinani tebranishlariga bog‘liqligi nazariy usul orqali ishlab chiqilgan;
to‘rli yuzalarda plastinalarni joylashishida ularga tushayotgan yuklanishlarga bog‘liqligi tebranishlarlar tahlili asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Chigitli paxtani mayda iflosliklardan tozalash mashinalari konstruksiyasini takomillashtirish yo‘nalishi bo‘yicha ishlab chiqilgan natijalar asosida:
tolali materiallarni tozalagichga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining patenti olingan (№IAP 02871-2005 y.). Natijada tolali materialga qayishqoq plastinalar tomonidan ta’sir etish orqali tozalash samaradorligini oshirish imkonini bergan.
tolali material tozalagichining to‘rli yuzasiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan (№FAP 0096-2012 y.). Natijada to‘rli yuzani o‘zi tebranishi hisobiga chigitli paxtani mayda iflosliklardan samarali tozalash imkonini bergan;
yangi to‘rli yuzali paxta tozalagich Namangan viloyati Mingbuloq tumani Gulbog‘ paxta tozalash korxonasiga joriy etilgan («O‘zpaxtasanoat» AJning 2017 yil 23 noyabrdagi 02-11/3398-son ma’lumotnomasi). Natijada paxtani mayda iflosliklardan tozalash samaradorligi o‘rtacha 6,5%ga oshirish imkoni yaratilgan;
yangi qayishqoq elementli paxta tozalagich Namangan viloyati Pop tumani paxta tozalash korxonasiga joriy etilgan («O‘zpaxtasanoat» AJning 2017 yil 23 noyabrdagi 02-11/3398-son ma’lumonomasi). Natijada paxtani mayda iflosliklardan tozalash samaradorligini oshirish, sifatni yaxshilash, energiya sarfini tejash imkonini bergan.