- Asosiy sahifa
- Ixtisosliklari ro‘yxati
-
Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari ro‘yxati (nomenklatura) – oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlash, ularni attestatsiyadan o‘tkazish, talabgorlarning ilmiy darajasi va ilmiy unvonlarini tasdiqlash, shuningdek muayyan attestatsiya tadbirlarini sistemali tashkil etish yuzasidan fan tarmoqlari, ixtisoslik guruhlari va ixtisoslik-larning tizimli ravishda shifrlangan (raqamlangan) kompleks ro‘yxati.
-
Ixtisoslik – muayyan belgilar (maqsad, predmet, mohiyat, aloqadorlik va boshqalar) asosida mohiyatan bir-biriga yaqin va mazmunan turdosh bo‘lgan tadqiqot yo‘nalishlarining tegishli fan tarmog‘i asosida ixtisoslik doirasidagi birligi.
Ixtisoslik nomi – muayyan ixtisoslik mohiyatining annotatsiya tarzida aniq va juda qisqa shaklda ifodalanishi.
Ixtisoslik shifri (raqami) – oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari ro‘yxatidagi muayyan ixtisoslikning tegishli fan tarmog‘i va ixtisosliklar guruhi raqamlangan tizimidagi tartib raqami.
-
Fan tarmog‘i – muayyan belgilar asosida mohiyatan bir-biriga yaqin ixtisosliklar guruhi (ixtisosliklar)ning tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha guruhlanishi.
Fan tarmog‘i shifri (raqami) – oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari ro‘yxatidagi muayyan fan tarmog‘ining fan tarmoqlari tarkibida raqamlangan tartib raqami.
Bosh menyu
- «O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Byulleteni»
- Dissertatsiya asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati
- Ochiq ma’lumotlar
- Ixtisosliklar ro‘yxati
- Rayosat majlislari
- Interaktiv xizmatlar
- Yoshlar siyosati
- Gender tenglik
- Korrupsiyaga qarshi kurashish
- Tahliliy ma’lumotlar
Yangiliklarga obuna bo‘lish
Foydali resurslar
So‘rovnoma
-
Oliy attestatsiya komissiyasi rasmiy veb-saytiga baho bering